TGViewer
Channel Public Channel
Founder

Founder

@founderdotio

Стартапы, фаундеры, истории
@osuvonov
Subscribers
2.63K
Photos
184
Videos
19
Links
80

Showing posts older than #219 · Back to latest

Older Posts 17 shown
Post #218 884
“Founder” kanalini yuritishimning asosiy maqsadlaridan biri.
  • 🔥 23
  • 👍 10
Post #214 948
“Sales Doctor”ni shu kompaniyaga havas qilib boshlaganmiz.

Kecha ‘Salesforce’ning SF dagi HQ ni ko’rish nasib qildi.

Bu binoda joylashgan WeWorkda ishlaydigan Uzbek founderi Mavlonbekdan (salesfinity.ai) birinchi mijozlarini qanday qilib jalb qilganligi haqida maslahat oldik.

Bu haqida alohida post qo’yaman.
  • 🔥 21
  • 👍 12
Post #213 1.95K
Biznes uchrashuvga borganingizdagi muhim muloqot qoidalari.

(Mening fikrimcha bu hamma jamiyat uchun muhim lekin hamma jamiyatlarda shunday emas).

- Aniq, qisqa va ishonch bilan gapiring. Ishonchli gapirishning o’rni baland.

- Suhbatdan oldin yoki suhbat davomida "small talk" ya'ni mavzudan tashqari kichikroq lirik chekinish qilishingiz mumkin. Misol uchun sport yoki suhbatdoshingizni qiziqtirgan mavzu haqida gapalshishingiz munosabat o'rnatishga yordam beradi. (do your homework about a customer).

- Punktuallik va “deadline” muhim.

- Uchrashuv va suhbatni vaqtida boshlab vaqtida tugating.

- Uchrashuvdan 5-10 minut oldin keling yoki online bo’ling. Sotib oladigan inson kechikishi mumkin, sotadigan emas.

- Kun tartibi (agenda) va uchrashuv mavzulari "bullet point" holatida bo'lsin.

- Prezentatsiyangiz tayyor bo’lsa foydali bo’ladi, sababi insonlar vizual narsalarni yaxshi ko’rishar ekan.

- Uchrashuvda biznes egasidan tashqari xodimlar ham qatnashsa ularni e'tibordan chetda qoldirmang (pisand qiling). Chunki ular qaror qabul qiluvchi yoki qarorga ta'sir ko'rsatuvchi bo'lishi mumkin.

- Asosiy mavzuga tez o'ting (get to the point quickly).

-Telegram, email va qo'ngiroqlarga 24/48 soat ichida javob bering. Ya'ni javobini aytvoraman dedingizmi demak tez javob berishingiz kerak.

Zhanara Amans(c)
Head of Engineering Operations & Strategy at Salesforce.

Simple rules part 2.
  • 👍 15
  • 🔥 4
Post #212 1.66K
AQShda kuzatkan narsalarim:

- Deyarli hamma uchrashuv va tadbirlar vaqtida boshlanadi (on time). Ular bir birini vaqtini hurmat qilishga harakat qilishadi.

- Chaqirilmagan tadbir yoki uchrashuvga borish qiyin. Qiziq bulsa chaqirilgan odam orqali ruhsat so’raladi va tasdiqlab olinishi kerak ekan.

- Tadbirlarga (events) oldindan ro’yxatdan o’tish kerak ekan. Check-in paytida tekshiriladi.

Simple rules.
  • 👍 27
Post #211 1.68K
Bir loyihada bir nechta biznes model.

AQSH POS (Point of Sale) bozorida bir nechta katta o'yinchilar bor va ulardan biri bu "Clover".

Clover bu bozorda Square, Toast, va Lightspeed kabi katta o'yinchilar bilan raqobat qiladi. Bozorning deyarli 25 foiz ulushi Square ga tegishli va Cloverning ulushi esa 6% atrofida. (manbaga qarab raqamlar o'zgarishi mumkin)!

Hop Clover asosiy pulini qaerdan topadi?

1. POS qurilmalar sotuvi orqali (Hardware sales).
Kompaniya o'zi yoki hamkorlari orqali mijozlarga bir necha turdagi qurilmalar sotadi. Bu uning asosiy daromad manbai hisoblanmaydi lekin bu orqali ular mijozlarni o'zlarining ekosistemasiga qulflab olishadi.

2. Oylik abonent to'lovi (Software Subscriptions).
$14.95 dan boshlanadi.
Bu uning asosiy daromad manbalaridan biri.

3. Tranzaktsiya orqali komissiya to'lovlari (Payment Processing Fees).

Bu uning eng katta daromad manbai hisoblanadi.
MIsol: Har bir tranzaktsiya uchun 2,3% + $0,10 oladi.

4. Qo'shimcha qiymatli xizmatlar (Value added services).

Third-party ilovalar uchun marketpleys, qarz olish imkoniyati (lending&capital) va sov'ga kartalari.

5. "White label" va hamkorliklar.

Ular bank va boshqa resellerlar bilan hamkorlik qilib o'zining hizmat va mahsulotlarini ulgurchi narhlarda sotishadi va hamkorlar Cloverni oz'ining boshqa mahsulortlariga qo'shib "Bundle" qilib sotishadi.

Bu "razor and blades" biznes modeliga to'g'ri keladi. Qurilmalar bu uning ustarasi (razor) va abonent to'lovi/tranzaktsiya komissiyasi esa bu uning lezviyasi (blades).

Siz ham faqat abonent to'lovi orqali daromad ko'rmoqchimisiz yoki qo'shimcha modellarni sinab ko'rasizmi?

@founderdotio
  • 👍 8
  • 🔥 6
Post #210 966
“Silkroad Innovation Hub” tour.

Markaziy Osiyo startaplari uchun Amerika bozoriga sayohatning birinchi nuqtalaridan biri.

@founderdotio
  • 👍 9
  • 🔥 8
Post #208 844

Forwarded from Nuruddin Blogs

Bugungi meetupda ajoyib spikerlarni uchratdik:

- Chapdan 2-da o’tirgan Arkadiy Telegin, Qozog’istonlik, Leaping AI ustida ishlashyapti, va u YCombinator (dunyodagi eng mashhur startup akseleratoe dasturidan o’tyapti
- Arlan ham Ycombinatorda Nozomio startapi bn qatnashmoqda, eng zo’r tomoni u maktabni tashlab ketib shu ishlar bn shugullanmoqda va uni otasi va akasi ham startaperlar
- Aibek Wonder startapida AI Figma qurmoqda va yaqinda 2million dollar investitsiya ko’targan
- Yulya esa Phasing - AI yordamida klinik tajribalarni o’tkazuvchi startapda kofounder

Hullaas do’stlar, biz ham YC da o’zbek startaplarni ko’raylik, bosingizlar.

Aytishlaricha, startaplar investorlar uchun yoqimli bo’lishi uchun
- Yaxshi Jamoa
- Katta bozor
- Va o’sish yaxshi bo’lishi kerak ekan

@nuruddinblogs
  • 👏 5
  • 🔥 3
  • 👍 1
Post #207 7.49K
Bugun ‘Silkroad Innovation Hub’da AlchemistX dasturi startaplari uchun meetup bo’ldi.

Akmal aka Paiziev (Numeo.ai) Doszhan Zhussuppv (Cerebraai.ai) Dara Tumenbaeva (Black Swan) va Taha Donmus (Parqour) AQSH bozori bo’yicha tajribalari bilan bo’lishishdi va qiziq maslahatlar berildi:

• Bu bozorda natijaga erishish uchun siz nimadirlarni vaqtincha qurbon qilishingizga to’gri keladi (you have to sacrifice). Misol uchun ishlab turgan biznesingiz, komfort zonadagi hayot tarzi, yoki oiladan uzoq bo’lish.

• Insonlardan yordam so’rang. Ular siz kutgandan ko’proq yordam berishga tayyor.

• Boshqa founderlardan yordam va maslahat olish osonroq, sababi ularning og’riqlari sizniki bilan bir xil bo’lgan.

• Sizdan tajribaliroq maslahatchi yoki mentor toping. Bu bozorni tushinishga yordam beradi.

• Tezlik va moslashuvchanlik muhim(speed matters).

Va shu gap yoqdi:
“Asian founders are overprepared and too serious about Silicon Valley.
They have to be flexible and fast”.
  • 👍 12
  • 🔥 5
  • 👏 3
Post #206 1.25K
Back to “founder mode”.

3chi Sentyabr Palo Alto, Californiada “AlchemistX” akselratsiya dasturi boshlanadi.

Hudo hohlasa AQSH bozori insaytlari va yangi olingan bilimlar bilan bo’lishib turaman.

Startapga qiziqqan do’stlaringiz bilan ulashing.

@founderdotio
  • 🔥 28
  • 👍 11
Post #205 1.5K

Forwarded from Oxunjon Madaminjonov

💭 Bugun o‘zgarish istagi bilan yonayotgan yoshlar ko‘p.
Lekin amalda boshlashga jasorat qiladiganlar — kam.

Bunga sabab odatda bir xil:

- Yetarli bilim yo‘qligi
- Atrofda qo‘llab-quvvatlovchi jamoa bo‘lmagani
- Har safar boshlashni kechiktirish

🎯 Shuning uchun ham Founders Community paydo bo‘ldi.

Bu platforma startap qurishni niyat qilgan yoshlar uchun:

- Tajribali ustozlardan yo‘l-yo‘riq
- Siz kabi izlanuvchi yoshlar bilan hamjamiyat
- Amaliy bilim va bosqichma-bosqich yo‘l xaritasi

Eng muhimi nima bilasizmi? Barchasi — bepul.

✅Endi boshlamaslik uchun bahona yo‘q.

Vaqtingizni o'zingiz uchun investitsiya qilmoqchi bo'lsangiz, marhamat👇🏼

sgfounders.school
  • 🔥 3
  • 👍 1
  • 👏 1
Post #203 2.7K
Soxta rivojlanish

- Mukofot yutish
- Konferensiyalarda qatnashish
- Ko'p maslahatchilar, mentorlar
- Startap musobaqalar, hakatonlarda qatnashish
- Ommaviy axborot vositalarida chiqish
- "Networking" tadbirlarida qatnashish
- Mashhur insonlar bilan tanishish
- Ijtimoiy tarmoqlarda aktiv bo'lish
- "Bullshit" metrikalarni optimizatsiya qilish

Haqiqiy rivojlanish
1. Daromad
2. Aktiv foydalanuvchilar soni
3. Produktni yaratish va rivojlantirish
4. Mijozlar bilan muloqot

#adoracheung
@founderdotio
  • 👍 41
  • 🔥 6
  • 🤔 4
  • 👏 1
  • 😁 1
Post #202 1.78K
Siz o’zingizning kompaniyangizni boshqarganingizda juda ko’p maslahatlar va fikrlar olasiz. Fikr va boshqaruv uslublari esa turlicha.

Mening fikrimcha siz kimningdir kopiyasi emassiz va o’zingizga mos tushadigan uslubda boshqarishingiz kerak.

‘AirBnB’ asoschilaridan biri va CEOsi Bryan Cheskyning Emily Changa bergan intervyusidan kuchli insayt:

“Men butun kompaniyaning e'tiborini va har bir odamni bir yo'nalishga va nuqtaga yo'naltirishni o'rgandim. Men kompaniyani qanday boshqarishni xohlayotganim haqida kechirim so'rashni to'xtatishni o'rgandim. Siz Google, Apple, Microsoft, Amazondan xodimlar yollaysiz va ular o'zlari bilan birga o'zlari o'rgangan ishlash uslubini olib kelishadi. Men tushunganim, men kompaniyani qanday boshqarishni xohlayotganim va ular kompaniyani qanday boshqarishni xohlayotganim o'rtasidagi o'rta nuqtani topishga harakat qilardim, bu esa aslida hammani baxtsiz qilardi. Go‘yo urush rejimiga o‘tishimga to‘g‘ri keldi. Qiziq narsa shundaki, men ko'proq buyruq berishni boshlaganimda, ko'proq nazoratni qo'limga olganimda, yanada qat'iyroq va ‘boss’ rejimida ishlashni boshlaganimda odamlar baxtliroq bo'ldi, chunki ularda aniqlik va yo'nalish bor edi.”
  • 🔥 13
  • 👍 5
Post #200 2.57K
MVP haqida

Sizning birinchi mashg‘ulotingiz yomon bo‘ladi.
Sizning birinchi podkastingiz yomon bo‘ladi.
Sizning birinchi nutqingiz yomon bo‘ladi.
Sizning birinchi videongiz yomon bo‘ladi.
Sizning birinchi HAR QANDAY ISHINGIZ yomon bo‘ladi.


Ammo siz yuzinchi ishingizni qilolmaysiz,
agar birinchisini boshlamagan bo‘lsangiz.

Shuning uchun egoingizni chetga qo‘ying va boshlang.
  • 👍 21
  • 🔥 6
Post #199 1.84K
- Siz kompaniyangizda sun’iy intellekt (AI) ishlatasizmi?

- Bizda tabiiy intellekt ham kam ishlatiladi, sun’iy intellektgacha hali bor!


P.S. hazil post.
  • 😁 38
  • 👍 6
  • 🔥 4
Post #198 2.13K
Umed aka Rahimov Markaziy Osiyo startap bozori uchun investorlar va loyihlarani bir joyga yig'adigan loyihani ishga tushirdilar.

https://stanbase.tech/

Bu AQSHdagi "Crunchbase"ning osiyocha versiyasi.

Startap va loyihangiz bo'lsa shu ma'lumotlar bazasiga qo'shiling.


Aloqa uchun: @umedrahimoff
  • 🔥 16
  • 👍 2
  • 👎 2
Post #197 1.54K
  • 🔥 29
  • 🎉 14
  • 👍 6
Post #196 1.34K
Early funding: a key to a unicorn success.

Ilya Strebulaev -Venture Mindset (c)

Startapni milliard dollarlik kompaniyaga (unicorn) aylantirishda erta bosqichda moliyalashtirish muhim rol o‘ynaydi. Quyidagi narsalar uchun muhim:

• Bozorga tez chiqish

• Ishonchlilik va isbot (proof of concept)

• Mahsulot va innovatsiyalarni rivojlantirish

• Mijozlar va brendni qurish

• Keyingi investitsiyalar uchun zamin

Unicorn bo‘lish uchun faqat investitsiyaning o’zi yetarli emas, balki quyidagilar ham muhim:
- Masshtablanadigan biznes modeli
- Kuchli asoschilar jamoasi
- Katta bozor (TAM)
- Mukammal ijro va moslashuvchanlik (execution)

“Startapning qaysi bosqichida investitsiya jalb qilish kerak?” degan savolga qisman javob bo’lsa kerak.

@founderdotio
  • 👏 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →