TGViewer
Founder Founder @founderdotio · 2.63K subscribers
Post #211 1.68K
Bir loyihada bir nechta biznes model.

AQSH POS (Point of Sale) bozorida bir nechta katta o'yinchilar bor va ulardan biri bu "Clover".

Clover bu bozorda Square, Toast, va Lightspeed kabi katta o'yinchilar bilan raqobat qiladi. Bozorning deyarli 25 foiz ulushi Square ga tegishli va Cloverning ulushi esa 6% atrofida. (manbaga qarab raqamlar o'zgarishi mumkin)!

Hop Clover asosiy pulini qaerdan topadi?

1. POS qurilmalar sotuvi orqali (Hardware sales).
Kompaniya o'zi yoki hamkorlari orqali mijozlarga bir necha turdagi qurilmalar sotadi. Bu uning asosiy daromad manbai hisoblanmaydi lekin bu orqali ular mijozlarni o'zlarining ekosistemasiga qulflab olishadi.

2. Oylik abonent to'lovi (Software Subscriptions).
$14.95 dan boshlanadi.
Bu uning asosiy daromad manbalaridan biri.

3. Tranzaktsiya orqali komissiya to'lovlari (Payment Processing Fees).

Bu uning eng katta daromad manbai hisoblanadi.
MIsol: Har bir tranzaktsiya uchun 2,3% + $0,10 oladi.

4. Qo'shimcha qiymatli xizmatlar (Value added services).

Third-party ilovalar uchun marketpleys, qarz olish imkoniyati (lending&capital) va sov'ga kartalari.

5. "White label" va hamkorliklar.

Ular bank va boshqa resellerlar bilan hamkorlik qilib o'zining hizmat va mahsulotlarini ulgurchi narhlarda sotishadi va hamkorlar Cloverni oz'ining boshqa mahsulortlariga qo'shib "Bundle" qilib sotishadi.

Bu "razor and blades" biznes modeliga to'g'ri keladi. Qurilmalar bu uning ustarasi (razor) va abonent to'lovi/tranzaktsiya komissiyasi esa bu uning lezviyasi (blades).

Siz ham faqat abonent to'lovi orqali daromad ko'rmoqchimisiz yoki qo'shimcha modellarni sinab ko'rasizmi?

@founderdotio
  • 👍 8
  • 🔥 6
More from @founderdotio
  1. Oct 1, 2026Odatlar(habits) va unga marketpleys yoki aggregatorlar orqali yechim berish haqida fikr bi…
  2. Sep 30, 2026Startapning oddiy qoidalari. 1. Sotuv deyarli hamma narsaga davo. Sales cures almost every…
  3. Sep 28, 2026Har bir co-founder qancha ulush olishi kerak? 7 764 ta AQSh startapi o‘rganilib, investits…
  4. Sep 25, 2026I like Travis Kalanick’s (ex CEO/co-founder of Uber) remarks regarding the entrepreneurial…
  5. Sep 23, 2026Ey yosh startaper shuncha ish turganda sen “ICT Week”da yuribsan. Shuni o’rniga 4 ta mijoz…
  6. Sep 20, 2026“Superior sales and distribution by itself can create a monopoly, even with no product dif…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →