Bugun ‘Silkroad Innovation Hub’da AlchemistX dasturi startaplari uchun meetup bo’ldi.
Akmal aka Paiziev (Numeo.ai) Doszhan Zhussuppv (Cerebraai.ai) Dara Tumenbaeva (Black Swan) va Taha Donmus (Parqour) AQSH bozori bo’yicha tajribalari bilan bo’lishishdi va qiziq maslahatlar berildi:
• Bu bozorda natijaga erishish uchun siz nimadirlarni vaqtincha qurbon qilishingizga to’gri keladi (you have to sacrifice). Misol uchun ishlab turgan biznesingiz, komfort zonadagi hayot tarzi, yoki oiladan uzoq bo’lish.
• Insonlardan yordam so’rang. Ular siz kutgandan ko’proq yordam berishga tayyor.
• Boshqa founderlardan yordam va maslahat olish osonroq, sababi ularning og’riqlari sizniki bilan bir xil bo’lgan.
• Sizdan tajribaliroq maslahatchi yoki mentor toping. Bu bozorni tushinishga yordam beradi.
• Tezlik va moslashuvchanlik muhim(speed matters).
Va shu gap yoqdi:
“Asian founders are overprepared and too serious about Silicon Valley.
They have to be flexible and fast”.
Post #207
7.49K

- 👍 12
- 🔥 5
- 👏 3