TGViewer
Channel Public Channel
Founder

Founder

@founderdotio

Стартапы, фаундеры, истории
@osuvonov
Subscribers
2.63K
Photos
184
Videos
19
Links
80

Showing posts older than #126 · Back to latest

Older Posts 19 shown
Post #125 5.38K
Post #124 1K
Men sherikchilik va investorlar bilan ishlash tarafdoriman.

Bu yagona yechim emas albatta, lekin ishni yengillashtiradi va jarayonlarni tezlashtiradi.

Lekin startap qilganingizda "co-founder" va inversotrlar bilan ishlashda bir nechta xatolarga yo'l qo'yasiz.

Yuqorida ko'rsatilgan jadvalda investitsiya jalb qilish raundlaridagi yaxshi va yomon vaziyatlar keltirilgan. Bu juda muhim. Ya'ni siz founder/founderlar sifatida uzoq muddat kompaniyani boshqarishda va strategik qarorlar qa'bul qilishda katta kuchga ega bo'lishingiz kerak.

Agar founderlarning jamlanma ulushi kam bo'lsa unda venchur investorlar ham sizga pul tikishda shubha qilishadi va sizga ham uzoq muddat bu loyiha ustida ishlash qiziqishi kamayib boradi.

Bu investorlar uchun 'red flag", ya'ni asoschilar bu loyiha ustida qiziqib uzoq muddat ishlamasa va umrining 5-7 yilini tikishga tayyor bo'lmasa unda investorlarning puli havf ostida.

Ulush berishda "vesting/cliff" usullaridan foydalanishni tavsiya qilaman. Bu haqida alohida ma'lumot beraman.

Boshlang'ich bosqichda katta ulush berovormaslik kerak va 50 va undan yuqori foiz olishni hohlagan investorlar bilan ishlamaslik kerak. Keyin qiyin bo'ladi.

P.S. Credits to Bahrom Abdukadirov for photo.
  • 🔥 8
  • 👍 7
  • 👏 1
Post #123 1.83K
Men sizga maslahat bersam bu sizdan aqlliroqman degani EMAS, bu sizga nisbatan ko'proq 'ahmoqliq' qilib ko'rganman degani:)
  • 👍 26
  • 🔥 10
  • 😁 8
Post #122 1.2K
  • 👍 8
  • 🔥 2
Post #121 4.88K
"Walt Disney" kompaniyasini 2005 yildan beri (20 yil) boshqarib kelayotgan CEOsi Bob Igerning muvaffaqiyat va boshqaruv printsiplari:

1. Qiziquvchan bo'ling. Muvaffaqiyatli bo'lish uchun juda muhimdir

2. Halollik hamma narsadan ustun

3. Samimiy va haqiqiy bo'ling. O'zingizdan boshqa insonni yasamang.

4. Mukammallikka intiling

5. Adolatli bo'ling va ochiq tan olingan xatolar uchun ikkinchi imkoniyat bering

6. O'zingizning xatolaringiz uchun javobgarlikni o'z zimmangizga oling

7. Qachon qaror qabul qilish kerakligini biling va tezda harakat qiling (Be decisive)

8. Halollik va ochiqlik uchun xavfsiz muhit yarating. Shunda jamoa a'zolari sizga yomon xabarlarni yetkazishdan qo'rqishmaydi.

9. Optimistik bo'ling. Bu odamlarni ilhomlantiradi. Insonlar pessimist liderni ortidan ergashishni istashmaydi.
  • 👍 7
  • 🔥 4
Post #120 887
Hammamizga Ramazon Hayiti muborak bo'lsin🌙
  • 👍 5
  • 🎉 5
  • 🔥 3
Post #119 920

Forwarded from Bakhrom Abdukadirov

Бизнес учун маблағ жалб қилиш.pdf702.6 KB
5️⃣0️⃣ Бизнесга қандай қилиб сармоя жалб қилиш мумкин???

📌 Бир қанча илтимосларга кўра, мен бизнес учун маблағларни қандай жалб қилиш тўғрисидаги ўз фикрларимни баҳам кўрмоқчиман.

❓ Изоҳларга ўз саволларингизни ёзиб қолдиринг. Кейин эса мен ўз фикримни билдираман 💬

@baxrom_ceo
  • 🔥 1
Post #117 1.05K
EXIT- STARTAPDAN QISMAN YOKI TO'LIQ CHIQISH STRATEGIYASI

Ko'pgina startap asoschilari va investorlarida loyihadan moliyaviy naf olish rejasi bo'ladi (ROI) va bu reja "Exit strategy" deyiladi.
Ya'ni siz startap boshlaganizda bu loyihadan qanday "soqqa" qilishizni bilishiz kerak.

O'zbekiston holatida bunday "exit success story" lar juda kam va bu holatni siz e'tiborga olishingiz kerak. (Снимите розовые очки).
Eng yorqin misollardan: "Express24" ni "Yandex GO" tomonidan sotib olinishi yoki "Payme"ni "TBC" bankga sotilshi.
Yana bir nechta kam misollar bor va yaqin yillarda O"zbek startaplarining "exit" lari ko'payadi degan umiddaman.

Eng keng tarqalgan exit strategiyalari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

1. M&A - Mergers and Acquistions. (Birlashish va sotib olish).

Odatda kattaroq kompaniya (strateg deb ataladi) startapni texnologiyasi, iste'dodli jamoasi yoki bozor ulushi uchun sotib oladi. Bu to'liq sotib olish (100% sotib olish) yoki qisman sotib olish bo'lishi mumkin.
Misol: Google Youtubeni sotib olishi yoki Facebook Whatsappni xarid qilishi.

2. IPO - Initial Public offering.

Birlamchi ommaviy taklif, ya'ni aktsiyalaringizni fond bozoriga (birjaga) chiqarasiz va ommaviy kompaniyaga aylanasiz va bu investorlar va founderlarning o'z kapitalini naqd qilish imkonini beradi.
Exitning eng yuqori cho'qqisi. Juda ko'p startaplar orzu qiladigan stsenariy.
Deyarli siz bilgan barcha global texnologik kompaniyalar IPO qilishgan va fond birjasida aktsiyalarini sotadi.
Markaziy Osiyo mintaqasida ehtimoli juda past holat, eng yorqin misol bu Qozog'istonning "Kaspi" korporatsiyasining IPOsi.

3. Management Buyout (MBO)

Mavjud boshqaruv jamoasi kompaniyani to'liq nazorat qilish maqsadida asoschilar yoki investorlardan to'liq sotib oladi.

4. Secondary Sale

Ikkilamchi sotish.
Investorlar yoki asoschilar o'z aktsiyalarini butun kompaniyani sotmasdan boshqa investorga (venchur kapitali firmasi, xususiy kapital yoki jismoniy shaxs) sotadilar. Bu xolatda asoschilar birinchi katta kapitaliga ega bo'lishadi yoki investorlar kichikroq "X" (2x yoki 3x) bilan chiqishadi.

5. Merger/Birlashish

Startap boshqa kompaniya bilan birlashib, ko'pincha bozor ulushini oshirish, raqobatbardosh joylashuvni yaxshilash yoki yangi resurslarga kirish uchun yangi korxona tashkil qiladi.

6. Liquidation/Tugatish

Startap yopiladi, qolgan mablag'larni aktsiyadorlarga taqsimlash uchun aktivlarni sotadi. Ha shunaqasi ham bo'ladi.

7. SPAC (Maxsus maqsadli sotib olish kompaniyasi) chiqish

Startap an'anaviy IPOga muqobil ravishda SPAC, ommaviy sotiladigan qobiq kompaniyasi bilan birlashadi. Bu haqida ma'lumotim kamroq.

Eng yaxshi "exit" strategiyasi quyidagilarga bog'liq:
• Startapning moliyaviy salomatligi va rivojlanish salohiyati.
• Asoschilarning uzoq muddatli qarashlari.
• Bozor kon’yunkturasi va investorlarning kutuvlari.

P.S. Yoki uzoq muddatli "vision" bilan katta korxona qurasiz.
  • 🔥 5
Post #116 1.14K
"Exit" degani shunaqa bo'ladi:)

Venchur modeli asosida startap va texnologik kompaniya qurgan asoschilarda moliyaviy tomondan katta pul topish imkoniyatlaridan biri bu "exit" qilish. (Ulushini sotish, kompaniyani strategga sotish yoki IPO).

Keep going.

"Слуга Народа" serialidan olingan lavha.
  • 😁 8
  • 🔥 3
  • 👏 1
Post #115 1.15K
Mening tavsiyam

"Sindrom Alfa Lidera"- lider turlari va boshqaruv modellari bo'yicha eng kuchli va yetarli e'tirofga ega bo'lmagan (underrated) kitoblardan biri.
  • 🔥 9
  • 👍 5
Post #114 976
What makes a good leader?

"Masterclass" ta'lim platformasidagi sobiq AQSH harbiyi Jocko Willinkning Critical Leadership Training darsida kuchli liderlar qanday bo'lishi kerak degan savolga javob qidirdim.

Uning fikricha 'avtoritar' boshqaruv modeliga nisbatan "silent leadership" ya'ni shovqinsiz liderlik modeli kuchli jamoa qurishga ko'proq yordam beradi.

The Silent Leaderning asosiy hususiyatlari:

- Kamtarona yondashuv (Humble approach)
- Dunyo qarashi keng (Open - minded)
- Boshqa odamlarning fikrlarini tinglaydi (Listens to other people's ideas)
- Jamoaga rejalashtirish va amalga oshirish imkoniyatini beradi (Empowers the team to plan and execute)
- O'zaro munosabatlarni o'rnatishga e'tibor beradi (Focuses on relationship building)

Liderlik bu insonlar/jamoa a'zolari bilan o'zaro munosobatlar:

- O'zaro ishonch. (Trust)
- Eshitish qobiliyati (Listen)
- O'zaro hurmat (Respect)
- O'zaro ta'sir ko'rsatish imkoniyati (Infuence)
- G'amxo'rlik (Care)

Bu 5ta hususiyat ikki tomonlama bo'lishi kerak. Agar sizni eshitishlarini xohlasangiz unda siz boshqalarni eshitishni o'rganing. Agar kimdirga ta'sir qilishni istasangiz unda sizga yaxshi ma'noda ta'sir qilishlariga imkon bering, misol uchun fikringizni o'zgartirishga.
Jamoa a'zolariga g'amxo'rlik qilsangiz ular sizga va biznesingizga g'amxo'rlik qilishadi.
Shunda sizda kuchli jamoa tuzishga va korxonani asosiy maqsad sari yetaklash uchun imkoniyat oshadi.

64 daqiqalik bu darsda deyarli yangi narsa eshitmadim, lekin o'ylab qarasam muvaffaqiyat oddiylikda ekan. Faqat bu oddiy tuyulgan maslahatlarni davomiy va to'gri amalga oshirish juda qiyin vazifa ekan.

Sizning fikringizcha qaysi boshqaruv (leadership) modeli samarali?
  • 🔥 6
  • 👍 5
  • 👏 1
  • 🤔 1
Post #113 1K
Assalomu aleykum

Agar qiziq bo'lsa keyingi haftada "Plug&Play", "500 Global" , "SilkWay" , "YCombinator" kabi akseleratsiya dasturlarida qatnashish va foydali tomonlari haqida jonli efir qilamiz va tajriba bilan bo'lishaman.
  • 👍 38
  • 🔥 19
Post #112 1.25K
Opporrtunity cost.

Mikroiqtisod teoriyasida "opportunity cost" degan tushuncha bor. Yani cheklangan resurslarni hisobga olgan holda, bir-birini istisno qiluvchi bir nechta alternativlar o'rtasida tanlov qilish kerak bo'lgan eng yaxshi alternativning qiymati.

Misol: agar siz 2 soat vaqtingizni kino ko'rishga sarf qilsangiz, demak shu ikki soatni kitob o'qish yoki ilm olishga sarflay olmaysiz. Ilm olish kino ko'rish tanloviga nisbatan 'opportunity cost' hisoblanadi. Yani kino ko'rishga nisbatan keyingi eng yaxshi tanlov (ilm olish) qo'ldan boy berildi.

Startap qilganingizda ham juda ko'p 'opportunity cost'lar bor. Loyihangizni rivojlantirayotgan jarayonda juda katta shaxsiy moliyaviy tanqislik bo'ladi. Yetarli darajada daromad topa olmaysiz va shuning hisobiga oilangiz yoki ota-onagizga ko'ngildagidek g'amxo'rlik qilish imkoniyati bo'lmaydi. Oilaga berilishi kerak bo'lgan e'tibor startapga tikilgan vaqt va resursga nisbatan 'opportunity cost' hisoblanadi.
Shunda sizda: "Bankga borib ishlasam yaxshi bo'lardi" yoki "brat taklif qilgan biznesni qilishim kerak edi" degan hayollar paydo bo'ladi:)

Lekin startapingiz muvaffaqiyatga erishsa unda sizning imkoniyatlaringiz kengayadi(oilaga g'amxo'rlik).

Siz startapingizni ishga tushirish yoki rivojlantirayotgan davrda shu javobgarlikni (commitment) olishga tayyormisiz?
  • 🔥 7
  • 👍 4
Post #110 1.48K
Sales Doctor loyihamiz bilan "Al-Farabi Scale Up" akseleratorida 2oy davomida qatnashdik va bugun Demo Dayda loyihamizni Saudiya Arabistoni investorlari oldida 'pitch' qilamiz Inshaalloh.
  • 👍 29
  • 👏 4
  • 🔥 2
  • 🎉 2
Post #109 943
Konferentsiya, tech event va vistavkalarda qatnashish kerkami? Foydasi bormi?

Ha!

Techcrunch (San Francisco), Web Summit (Doha), Biban( Saudiya Arabistoni) va Inmerge (Baku) kabi texnologiya bilan bog'liq 'event'larda qatnashib olingan hulosalar:

1. Startapingizni ommaga, mijozlarga va investorlarga taqdim qilish imkoniyati. Buning uchun startap sifatida qatnashish va joy (booth) olish kerak bo'ladi.
Loyihangiz va jamoangizni jamoat tanishni boshlaydi(PR).

2. Netvorking/Yangi tanishlar: investor, mahalliy partner va resellerlar va boshqa faunderlar bilan tanishish imkoniyati.

3. Inspiration/ruhlanish.
Bunaqa tadbirlarda ko'p holatda katta muvaffaqiyatga erishgan insonlar kelishadi. Ularning chiqishlari va taqdimotlaridan katta ilhom olishiz mumkin.

4. Bozordagi yangi trendlar.
Boshqa startaplar nima bilan shugullanishini o'rganasiz va sizni sohangizdagi yangiliklarni ko'rasiz.

Maslahatlar:
- agar startapingiz bilan qatnashsangiz unda sherik bo'lishi kerak. Bitta odam 'booth'da turib kelgan insonlarga loyiha haqida gapirib bersa, ikkinchi odam boshqa tadbirlarda qatnashadi va networking qurish bilan ovora bo'ladi. Bitta odamga qiyin.

- har doim tayyorgarlik ko'ring.

- hamma tadbirda qatnashishga harakat qilmang. Aniq maqsad bilan kuchingizni ulgurgan va foydali qismiga ishlating.

- agar mabodo bunaqa tadbirlarda qatnasha olmasangiz, ko'p narsa yuqotmagan hisoblanasiz. Shu vaqtni sotuvga sarf qiling:)
  • 👍 10
Post #108 686

Forwarded from IT Park Uzbekistan

Universitetlar startapni yaratishda qanday yordam bera oladi?

Biz har bosqichda startap ekotizimini mustahkamlash ustida ishlar ekanmiz, barcha manfaatdor tomonlarni talabalar o‘z g‘oyalarini universitetlarda qanday qilib amaliy loyihalarga aylantirishlari mumkinligini o‘rganishga taklif etamiz.

💡 Sizni mazmunli muloqotlar va qimmatli tajribalar kutmoqda!

📅 2025-yil 25-fevral
📍 Raqamli texnologiyalar vazirligi, Toshkent shahri

Forumda universitetlar talabalarga quyidagi imkoniyatlarni qanday taqdim etishi ko‘rib chiqiladi:

🔥 Inkubatorlar va akseleratorlar orqali g‘oyalarni rivojlantirish
🔥 Investorlar va mentorlar bilan aloqa o‘rnatish
🔥 O‘qish davomida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish

Ushbu tashabbuslar yanada kuchli va dinamik startap ekotizimini qanday shakllantirayotganini bilish uchun bizga qo‘shiling!

🚀 Bilimingizni amaliyotga aylantirishga tayyormisiz? Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📩 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va ishtirok eting: havola
—
🚀 How Can Universities Help Launch a Startup?

As we work to strengthen the startup ecosystem at every level, we invite all interested parties to join us in exploring how students can transform their ideas into real projects within their universities.

💡 Insightful discussions and valuable experiences await you!

📅 February 25, 2025
📍 Ministry of Digital Technologies, Tashkent

At the forum, we’ll explore how universities empower students to:

🔥 Develop ideas through incubators and accelerators
🔥 Connect with investors and mentors
🔥 Launch their own businesses while still studying

Join us to discover how these initiatives are shaping a stronger, more dynamic startup ecosystem!

🚀 Ready to turn knowledge into action? Don’t miss out!

📩 Register now and be there: form
Post #107 1.03K
Yangi loyihangiz/startapingizni Angel investorlar klubiga taqdim qilmoqchi bo'lsangiz shu pochtaga "pitch"ingizni jo'nating: f.maksumov@cspace.uz

Фаррух Максумов
  • 👍 6
  • 🔥 2
  • 🎉 1
Post #106 1.29K
Assalomu aleykum.

Startap va texnologiyalar bilan bog'liq insaytlar oladigan kanallar ro'yxati.

https://t.me/addlist/_YmiQ5LSAZdmZGNi


Shu ilova orqali kanallarni ko'rsangiz bo'ladi.
  • 👍 7
  • 🔥 3
Post #105 1.34K
"It's easy to miss "uber" when you have a private driver"

Agar sizda shaxsiy haydovchingiz bo'lsa, Uberning qiymatini va potentsialini e'tibordan chetda qoldirish ehtimoliz bor!

Juda ko'p holatda katta muvaffaqiyatga erishgan, boy va tajribali insonlar bilan g'oyangizni maslahat qilganingizda ular tomondan bu g'oya yaxshi emasligi yoki ishlamasligini eshitasiz. Sababi ular o'zlarining dunyo qarashidan kelib chiqib fikrlashadi. Har doim ham bu kabi insonlar sizga to'g'ri maslahat berishmaydi.

'The Social Network' filmidan olingan bu lavhada Harvard universiteti prezidenti va sobiq "moliya vaziri" (секретар казначейства) 'Facebook' loyihasini potentsialini to'g'ri baholay olmagan.

Mendan kimdir loyiha va g'oya bo'yicha fikr so'rashgand ko'p holatda 'bilmiman' deb javob beraman.
Eng yaxshi javobni bozor va mijoz berishi kerak. Eng yaxshi javob bu mahsulotingizga qilingan to'lov.

MVP qilib bozorni sinab ko'rilar.
  • 👍 14
  • 🔥 3
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →