TGViewer
Founder Founder @founderdotio · 2.63K subscribers
Post #112 1.25K
Opporrtunity cost.

Mikroiqtisod teoriyasida "opportunity cost" degan tushuncha bor. Yani cheklangan resurslarni hisobga olgan holda, bir-birini istisno qiluvchi bir nechta alternativlar o'rtasida tanlov qilish kerak bo'lgan eng yaxshi alternativning qiymati.

Misol: agar siz 2 soat vaqtingizni kino ko'rishga sarf qilsangiz, demak shu ikki soatni kitob o'qish yoki ilm olishga sarflay olmaysiz. Ilm olish kino ko'rish tanloviga nisbatan 'opportunity cost' hisoblanadi. Yani kino ko'rishga nisbatan keyingi eng yaxshi tanlov (ilm olish) qo'ldan boy berildi.

Startap qilganingizda ham juda ko'p 'opportunity cost'lar bor. Loyihangizni rivojlantirayotgan jarayonda juda katta shaxsiy moliyaviy tanqislik bo'ladi. Yetarli darajada daromad topa olmaysiz va shuning hisobiga oilangiz yoki ota-onagizga ko'ngildagidek g'amxo'rlik qilish imkoniyati bo'lmaydi. Oilaga berilishi kerak bo'lgan e'tibor startapga tikilgan vaqt va resursga nisbatan 'opportunity cost' hisoblanadi.
Shunda sizda: "Bankga borib ishlasam yaxshi bo'lardi" yoki "brat taklif qilgan biznesni qilishim kerak edi" degan hayollar paydo bo'ladi:)

Lekin startapingiz muvaffaqiyatga erishsa unda sizning imkoniyatlaringiz kengayadi(oilaga g'amxo'rlik).

Siz startapingizni ishga tushirish yoki rivojlantirayotgan davrda shu javobgarlikni (commitment) olishga tayyormisiz?
  • 🔥 7
  • 👍 4
More from @founderdotio
  1. Oct 1, 2026Odatlar(habits) va unga marketpleys yoki aggregatorlar orqali yechim berish haqida fikr bi…
  2. Sep 30, 2026Startapning oddiy qoidalari. 1. Sotuv deyarli hamma narsaga davo. Sales cures almost every…
  3. Sep 28, 2026Har bir co-founder qancha ulush olishi kerak? 7 764 ta AQSh startapi o‘rganilib, investits…
  4. Sep 25, 2026I like Travis Kalanick’s (ex CEO/co-founder of Uber) remarks regarding the entrepreneurial…
  5. Sep 23, 2026Ey yosh startaper shuncha ish turganda sen “ICT Week”da yuribsan. Shuni o’rniga 4 ta mijoz…
  6. Sep 20, 2026“Superior sales and distribution by itself can create a monopoly, even with no product dif…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →