TGViewer
Founder Founder @founderdotio · 2.63K subscribers
Post #117 1.05K
EXIT- STARTAPDAN QISMAN YOKI TO'LIQ CHIQISH STRATEGIYASI

Ko'pgina startap asoschilari va investorlarida loyihadan moliyaviy naf olish rejasi bo'ladi (ROI) va bu reja "Exit strategy" deyiladi.
Ya'ni siz startap boshlaganizda bu loyihadan qanday "soqqa" qilishizni bilishiz kerak.

O'zbekiston holatida bunday "exit success story" lar juda kam va bu holatni siz e'tiborga olishingiz kerak. (Снимите розовые очки).
Eng yorqin misollardan: "Express24" ni "Yandex GO" tomonidan sotib olinishi yoki "Payme"ni "TBC" bankga sotilshi.
Yana bir nechta kam misollar bor va yaqin yillarda O"zbek startaplarining "exit" lari ko'payadi degan umiddaman.

Eng keng tarqalgan exit strategiyalari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

1. M&A - Mergers and Acquistions. (Birlashish va sotib olish).

Odatda kattaroq kompaniya (strateg deb ataladi) startapni texnologiyasi, iste'dodli jamoasi yoki bozor ulushi uchun sotib oladi. Bu to'liq sotib olish (100% sotib olish) yoki qisman sotib olish bo'lishi mumkin.
Misol: Google Youtubeni sotib olishi yoki Facebook Whatsappni xarid qilishi.

2. IPO - Initial Public offering.

Birlamchi ommaviy taklif, ya'ni aktsiyalaringizni fond bozoriga (birjaga) chiqarasiz va ommaviy kompaniyaga aylanasiz va bu investorlar va founderlarning o'z kapitalini naqd qilish imkonini beradi.
Exitning eng yuqori cho'qqisi. Juda ko'p startaplar orzu qiladigan stsenariy.
Deyarli siz bilgan barcha global texnologik kompaniyalar IPO qilishgan va fond birjasida aktsiyalarini sotadi.
Markaziy Osiyo mintaqasida ehtimoli juda past holat, eng yorqin misol bu Qozog'istonning "Kaspi" korporatsiyasining IPOsi.

3. Management Buyout (MBO)

Mavjud boshqaruv jamoasi kompaniyani to'liq nazorat qilish maqsadida asoschilar yoki investorlardan to'liq sotib oladi.

4. Secondary Sale

Ikkilamchi sotish.
Investorlar yoki asoschilar o'z aktsiyalarini butun kompaniyani sotmasdan boshqa investorga (venchur kapitali firmasi, xususiy kapital yoki jismoniy shaxs) sotadilar. Bu xolatda asoschilar birinchi katta kapitaliga ega bo'lishadi yoki investorlar kichikroq "X" (2x yoki 3x) bilan chiqishadi.

5. Merger/Birlashish

Startap boshqa kompaniya bilan birlashib, ko'pincha bozor ulushini oshirish, raqobatbardosh joylashuvni yaxshilash yoki yangi resurslarga kirish uchun yangi korxona tashkil qiladi.

6. Liquidation/Tugatish

Startap yopiladi, qolgan mablag'larni aktsiyadorlarga taqsimlash uchun aktivlarni sotadi. Ha shunaqasi ham bo'ladi.

7. SPAC (Maxsus maqsadli sotib olish kompaniyasi) chiqish

Startap an'anaviy IPOga muqobil ravishda SPAC, ommaviy sotiladigan qobiq kompaniyasi bilan birlashadi. Bu haqida ma'lumotim kamroq.

Eng yaxshi "exit" strategiyasi quyidagilarga bog'liq:
• Startapning moliyaviy salomatligi va rivojlanish salohiyati.
• Asoschilarning uzoq muddatli qarashlari.
• Bozor kon’yunkturasi va investorlarning kutuvlari.

P.S. Yoki uzoq muddatli "vision" bilan katta korxona qurasiz.
  • 🔥 5
More from @founderdotio
  1. Oct 1, 2026Odatlar(habits) va unga marketpleys yoki aggregatorlar orqali yechim berish haqida fikr bi…
  2. Sep 30, 2026Startapning oddiy qoidalari. 1. Sotuv deyarli hamma narsaga davo. Sales cures almost every…
  3. Sep 28, 2026Har bir co-founder qancha ulush olishi kerak? 7 764 ta AQSh startapi o‘rganilib, investits…
  4. Sep 25, 2026I like Travis Kalanick’s (ex CEO/co-founder of Uber) remarks regarding the entrepreneurial…
  5. Sep 23, 2026Ey yosh startaper shuncha ish turganda sen “ICT Week”da yuribsan. Shuni o’rniga 4 ta mijoz…
  6. Sep 20, 2026“Superior sales and distribution by itself can create a monopoly, even with no product dif…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →