TGViewer
Founder Founder @founderdotio · 2.63K subscribers
Post #114 976
What makes a good leader?

"Masterclass" ta'lim platformasidagi sobiq AQSH harbiyi Jocko Willinkning Critical Leadership Training darsida kuchli liderlar qanday bo'lishi kerak degan savolga javob qidirdim.

Uning fikricha 'avtoritar' boshqaruv modeliga nisbatan "silent leadership" ya'ni shovqinsiz liderlik modeli kuchli jamoa qurishga ko'proq yordam beradi.

The Silent Leaderning asosiy hususiyatlari:

- Kamtarona yondashuv (Humble approach)
- Dunyo qarashi keng (Open - minded)
- Boshqa odamlarning fikrlarini tinglaydi (Listens to other people's ideas)
- Jamoaga rejalashtirish va amalga oshirish imkoniyatini beradi (Empowers the team to plan and execute)
- O'zaro munosabatlarni o'rnatishga e'tibor beradi (Focuses on relationship building)

Liderlik bu insonlar/jamoa a'zolari bilan o'zaro munosobatlar:

- O'zaro ishonch. (Trust)
- Eshitish qobiliyati (Listen)
- O'zaro hurmat (Respect)
- O'zaro ta'sir ko'rsatish imkoniyati (Infuence)
- G'amxo'rlik (Care)

Bu 5ta hususiyat ikki tomonlama bo'lishi kerak. Agar sizni eshitishlarini xohlasangiz unda siz boshqalarni eshitishni o'rganing. Agar kimdirga ta'sir qilishni istasangiz unda sizga yaxshi ma'noda ta'sir qilishlariga imkon bering, misol uchun fikringizni o'zgartirishga.
Jamoa a'zolariga g'amxo'rlik qilsangiz ular sizga va biznesingizga g'amxo'rlik qilishadi.
Shunda sizda kuchli jamoa tuzishga va korxonani asosiy maqsad sari yetaklash uchun imkoniyat oshadi.

64 daqiqalik bu darsda deyarli yangi narsa eshitmadim, lekin o'ylab qarasam muvaffaqiyat oddiylikda ekan. Faqat bu oddiy tuyulgan maslahatlarni davomiy va to'gri amalga oshirish juda qiyin vazifa ekan.

Sizning fikringizcha qaysi boshqaruv (leadership) modeli samarali?
  • 🔥 6
  • 👍 5
  • 👏 1
  • 🤔 1
More from @founderdotio
  1. Oct 1, 2026Odatlar(habits) va unga marketpleys yoki aggregatorlar orqali yechim berish haqida fikr bi…
  2. Sep 30, 2026Startapning oddiy qoidalari. 1. Sotuv deyarli hamma narsaga davo. Sales cures almost every…
  3. Sep 28, 2026Har bir co-founder qancha ulush olishi kerak? 7 764 ta AQSh startapi o‘rganilib, investits…
  4. Sep 25, 2026I like Travis Kalanick’s (ex CEO/co-founder of Uber) remarks regarding the entrepreneurial…
  5. Sep 23, 2026Ey yosh startaper shuncha ish turganda sen “ICT Week”da yuribsan. Shuni o’rniga 4 ta mijoz…
  6. Sep 20, 2026“Superior sales and distribution by itself can create a monopoly, even with no product dif…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →