TGViewer
Erkin Malik Erkin Malik @erkinmalik · 843 subscribers
Post #1405 141
BU BOSHQA GAP
 
     Bolalarning dadasi dalada dehqonchilik qilib, har xil ekin ekadi. Hatto pistagacha bor. Nimaiki pishsa, oldini uyiga, bolalariga ilinadi. Bir kuni bir bosh pista ko‘tarib keldi. Maza kirgan, chaqsa bo‘ladi. Bolalari talashib, pista boshini sindirib, bo‘lashib olishdi.
     ‒ Bekor olib kelibsiz-da, dadasi, ‒ dedi bolalarning onasi norozi bo‘lib. ‒ Endi hamma yoqni pista po‘choq qilib tashlashadi. Orqalaridan supurib charchayman.
     ‒ Bo‘pti, men chaqmayman, tashlab yuboraman, ‒ dedi kichkintoy onasi taraf bo‘lib.
     ‒ Nima?! Tashlavoraman deysanmi, hechamda! Axir buni adajonim ekkanlar, taglarini chopganlar, suv qo‘yganlar, voy-bo‘... Qancha mehnat, sen bo‘lsa tashlavoraman deysan, ‒ dedi kattasi kichigiga dashnom berib.
     Buni eshitgan dadajoni:
     ‒ Ha... barakalla! Bu boshqa gap, ‒ deb xursand bo‘lib qo‘ydi.
  • 🕊 3
More from @erkinmalik
  1. Oct 17, 2026КИФОЯ У уловида ишхонасига кетар экан, ҳар доим ичида бундай дуо қиларди: «Эй яратган Эгам…
  2. Oct 16, 2026✍️Erkin Malik qalamiga mansub ushbu kitobdan yozuvchining bir qancha qissalari o‘rinolgan…
  3. Oct 15, 2026БУ БОШҚА ГАП Болаларнинг дадаси далада деҳқончилик қилиб, ҳар хил экин экади. Ҳатто пистаг…
  4. Oct 14, 2026Erta bilan nabiram qo‘ng‘iroq qildi. «Barakalla, amallabsan, bolam. Yo‘lda menga qo‘ng‘iro…
  5. Oct 14, 2026ALLOH BERAR QO‘LNI YAXSHI KO‘RADI Kamina tog‘dagi dala hovlimiz va u yerdagi hayvonot olam…
  6. Oct 13, 2026АЛЛОҲ БЕРАР ҚЎЛНИ ЯХШИ КЎРАДИ Камина тоғдаги дала ҳовлимиз ва у ердаги ҳайвонот олами ҳақи…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →