TGViewer
Erkin Malik Erkin Malik @erkinmalik · 843 subscribers
Post #1400 210
TAROZINING IKKI PALLASI
 
     Bu so‘z avvallari tez-tez quloqqa chalinib turardi. Masalan, oldi-berdida, bozorda nimanidir tarozida tortishda, hatto oilalarda bo‘lib turadigan qo‘ydi-chiqdilarda ham. Keyingi paytlarda tarozilar elektronlashib ketganigami, bu so‘z iste’moldan chiqib qoldi. Sababi keyingi avlod ikki pallali tarozini ko‘rmagan, bilmaydi ham. Lekin bu so‘zning kuchi va tarbiyaviy mohiyati qanday bo‘lsa shundayligicha turibdi.
     Biz yashab turgan dunyo misoli tarozining ikki pallasiga o‘xshaydi. Bir pallasi bu dunyo bo‘lsa, ikkinchi oxirat. Bu dunyodagi savob va gunoh amallarimiz tarozida tortiladi. Tarozining savob pallasi og‘ir kelsa, mukofoti jannat. Gunoh tarafi og‘ir kelsa, jazosi – do‘zax. Tarozining pallasi teppa-teng kelib qolsa, unda Payg‘ambarimiz alayhissalomning shafoatlaridan umid qilinadi.
     Oxirat tarozisining bunday misollarini hayotimizning har bir jabhasida uchratish mumkin. Bozorda xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida qachon janjal chiqadi? Sotuvchi tarozidan urib qolganida. Er bilan xotin o‘rtasida ham xuddi shunday o‘zaro munosabatlar buzilganida. Qo‘ni-qo‘shni, farzand va ota-ona, aka-uka, opa-singil, hatto qarindoshlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ham tarozi pallasining buzilishiga mengzash mumkin. Hatto davlatlar o‘rtasida bo‘ladigan katta-yu kichik mahorabalar ham shunday.
     Barcha bahona-yu sabablarni yig‘ishtirib qo‘yib, soddagina, oddiygina qilib, dunyoda yashayotgan odamlarni boy va kambag‘alga ajrataylik-da, tarozining bir pallasiga boylarni-yu, narigi tomoniga kambag‘allarni qo‘yaylik. Tarozining pallasi teng tursa, olam guliston, farovonlik, apoq-chapoqlik kafolatlanadi. Jamiyat rivojlanadi. Oldinda nurli, umidbaxsh kunlar...
     Shunday azizlar, hayotda umrguzaronlik qilar ekanmiz tarozining ikki pallasini hamisha yodda tutaylik. Tarozining bir-biriga yuzma-yuz qarab turgan rost tiliga aylanaylik.
  • 🔥 6
  • 🤩 1
  • 🕊 1
More from @erkinmalik
  1. Oct 17, 2026КИФОЯ У уловида ишхонасига кетар экан, ҳар доим ичида бундай дуо қиларди: «Эй яратган Эгам…
  2. Oct 16, 2026✍️Erkin Malik qalamiga mansub ushbu kitobdan yozuvchining bir qancha qissalari o‘rinolgan…
  3. Oct 16, 2026BU BOSHQA GAP Bolalarning dadasi dalada dehqonchilik qilib, har xil ekin ekadi. Hatto pist…
  4. Oct 15, 2026БУ БОШҚА ГАП Болаларнинг дадаси далада деҳқончилик қилиб, ҳар хил экин экади. Ҳатто пистаг…
  5. Oct 14, 2026Erta bilan nabiram qo‘ng‘iroq qildi. «Barakalla, amallabsan, bolam. Yo‘lda menga qo‘ng‘iro…
  6. Oct 14, 2026ALLOH BERAR QO‘LNI YAXSHI KO‘RADI Kamina tog‘dagi dala hovlimiz va u yerdagi hayvonot olam…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →