TGViewer
Erkin Malik Erkin Malik @erkinmalik · 844 subscribers
Post #1398 357
G‘AYRIDIN VA MUSULMON QO‘SHNI
 
     Ular ko‘p qavatli binoda anchadan beri ahil-inoq yashashar edi. Bir safar musulmon qo‘shni mol-mulki nisobga yetgani uchun qurbonlik so‘ydi. Go‘shtidan g‘ayridin qo‘shnisiga ham ilindi.
     ‒ Men boshqa dindanman-ku! – hayron bo‘ldi qo‘shni.
     ‒ Bizning ulug‘ Payg‘ambarimiz shunday qilganlar, yahudiy qo‘shnilariga qurbonlik go‘shtidan berib turganlar. Biz ham u zot qilgan ishni davom ettirib, savob olamiz. Jonliq so‘yib, qo‘shnilarga, muhtoj xonadonlarga tarqatamiz.
     ‒ Buning uchun ataylab mol so‘yib, go‘sht tarqatib yurguncha osongina pulini berib qo‘ysanglar bo‘lmaydimi?
     ‒ Bo‘lmaydi, qo‘shni, hecham bo‘lmaydi! Mana senga hozir go‘sht berdim, bola-chaqang bilan maza qilib yeysan, to‘g‘rimi?
     ‒ To‘g‘ri...
     ‒ Pul bersam-chi? – ma’noli kuldi musulmon qo‘shni.
     G‘ayridin qo‘shnisi nima demoqchiligini tushundi-da, bosh chayqab:
     ‒ Bu yog‘ini o‘ylamabman, zo‘r ekan ‒ deb qo‘ydi.
  • 👍 8
  • 🔥 4
More from @erkinmalik
  1. Oct 17, 2026КИФОЯ У уловида ишхонасига кетар экан, ҳар доим ичида бундай дуо қиларди: «Эй яратган Эгам…
  2. Oct 16, 2026✍️Erkin Malik qalamiga mansub ushbu kitobdan yozuvchining bir qancha qissalari o‘rinolgan…
  3. Oct 16, 2026BU BOSHQA GAP Bolalarning dadasi dalada dehqonchilik qilib, har xil ekin ekadi. Hatto pist…
  4. Oct 15, 2026БУ БОШҚА ГАП Болаларнинг дадаси далада деҳқончилик қилиб, ҳар хил экин экади. Ҳатто пистаг…
  5. Oct 14, 2026Erta bilan nabiram qo‘ng‘iroq qildi. «Barakalla, amallabsan, bolam. Yo‘lda menga qo‘ng‘iro…
  6. Oct 14, 2026ALLOH BERAR QO‘LNI YAXSHI KO‘RADI Kamina tog‘dagi dala hovlimiz va u yerdagi hayvonot olam…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →