RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Salar kanalida ko‘plab baliqlarning nobud bo‘lgani aks etgan xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining tuman inspektorlari tomonidan joyiga chiqib, holatni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Boshqarmaning Atrof-muhit monitoringi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va gidrometeorologiya sohasini muvofiqlashtirish (Tahliliy laboratoriya) bo‘limi xodimlari tomonidan Salar kanali suvidan tahlil o‘tkazish uchun namunalar olindi.
Hozirda holatning kelib chiqish sabablari hamda baliqlarning nobud bo‘lishiga ta’sir etgan omillar o‘rganilmoqda.
O‘rganish va laboratoriya tahlillari yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
___
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
Post #36676
399



