Wildberries UzPost’ni boshqarishga olmoqda: Oʻzbekiston pochta bozorida yangi monopoliya paydo boʻlishi mumkinmi?
Maʼlumotlarga koʻra, UzPost’ning 92,9 foiz davlat ulushi bir yil muddatga Wildberries boshqaruviga berilgan. Rasman maqsad — pochta xizmatlarini yaxshilash va posilkalarni yetkazib berishni tezlashtirish.
Biroq bu qaror bir qator jiddiy savollarni keltirib chiqarmoqda.
Wildberries allaqachon elektron savdo bozorida katta taʼsirga ega. Endi esa kompaniya butun mamlakat boʻylab faoliyat yurituvchi pochta tarmogʻini ham boshqarish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin.
Bu holatda boshqa marketpleyslar, mahalliy internet-doʻkonlar va yetkazib berish xizmatlari qanday raqobat qiladi? Wildberries oʻz platformasiga ustunlik berib, raqobatchilar uchun noqulay sharoit yaratmasligiga qanday kafolat bor?
Eng qizigʻi, bu kelishuvning bozordagi raqobatga taʼsiri yetarlicha oʻrganilganmi?
Raqobat qoʻmitasi Wildberries’ning bozordagi mavqeyini qayta baholab, UzPost boshqaruviga oʻtishi monopoliya xavfini keltirib chiqarmaydimi, degan savolga javob berishi kerak emasmi?
Chunki bu yerda gap faqat posilkalarni tezroq yetkazish haqida emas. Gap milliy pochta infratuzilmasi, mahalliy biznesning kelajagi va millionlab isteʼmolchilar manfaati haqida ketmoqda.
Bugun qulaylik vaʼda qilinayotgan bozorda ertaga raqobat yoʻqolib, barcha shartlarni bitta kompaniya belgilab qolmasligi muhim.
@domlajon
t.me/domlajon
Post #14514
1.43K

- 😱 5
- ❤ 2