📚 “FIDOYI USTOZLAR” LOYIHASI USTOZLARI ENDI BIR KANALDA!
Kontent markazining “Fidoyi ustozlar” loyihasiga ko‘plab ustozlar o‘zlari haqida, shuningdek, yuragiga yaqin va ardoqli ustozlari haqida ma’lumot yubormoqda.
Shu paytgacha loyiha doirasida tavsiya qilingan ustozlarni @fidoyibot botining "Ustozlar" bo‘limi orqali tumanlar kesimida topish mumkin edi.
Endilikda loyihaga yuborilgan ustozlar haqida alohida kanalda ham muntazam ma’lumot berib boriladi! Keyinchalik bunga alohida sayt yaratamiz.
👉 @FidoyiUstoz99 — loyihaga tavsiya qilingan ustozlar haqidagi ma’lumotlar jamlanadigan yangi kanal.
Ustozlar haqida imkon qadar batafsil ma’lumot yuboring. Ularning pedagogik faoliyati, yutuqlari, shogirdlari erishgan natijalar va hayotiy hikoyalari haqida yozing.
Kanalda e’lon qilinayotgan maqolalarni kuzating. Ular orqali ustoz haqida qanday ma’lumot yuborish kerakligini,(yoki qanday yubormaslik kerakligini ham) bilib olishingiz mumkin.
Kanalni tanishlaringizga ham ulashing.
Bu shunchaki kanal emas. Bu — fidoyi ustozlar haqidagi xotiralar, e’tiroflar va hayotiy hikoyalarni birlashtiruvchi milliy arxiv sari tashlangan muhim qadam.
Marhamat, kanalga a’zo bo‘ling, aʼzo qiling va o‘zingiz ardoqlagan ustoz haqida ma’lumot yuboring!
Ustozlar haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinadigan kanal:
👉 @FidoyiUstoz99
Ustoz tavsiya qilish:
👉 @fidoyibot
Fidoyi ustozlar e’tirofga loyiq. Ularni birgalikda tanitamiz! 🇺🇿
Post #14513
1.42K
- 👍 2