TGViewer
Isroil Tillaboyev blogi Isroil Tillaboyev blogi @domlajon · 19.4K subscribers
Post #14506 4.88K
Prezident bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish haqidagi qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirishga qaratilgan 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Qonun bilan 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonini videoyozuv orqali qayd etish, shuningdek ularga bepul yuridik yordam ko'rsatish tizimi joriy etildi.

Endilikda bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilgan ta’lim tashkiloti xodimi ishdan bo‘shatilishi mumkin. Bunday shaxslarning kelgusida bolalar bilan ishlashiga ham cheklov qo'yildi.

@domlajon
t.me/domlajon
  • 👍 48
  • ❤ 3
  • 👏 1
More from @domlajon
  1. Oct 16, 2026Andijondagi maktabda, (Oltinko‘l tumani deyishmoqda) o‘quvchi qizlar mushtlashgan, buni bo…
  2. Oct 16, 2026Bugun soat 9-00 dan kimyo va biologiya fanlaridan Milliy sertifikat imtihoniga qabul ochil…
  3. Oct 16, 2026Zo‘r ish qilishibdi yoshlar! Ommalashishi kerak bu ish. @domlajon t.me/domlajon
  4. Oct 15, 2026Менгаям бирор лавозим тегиб қоладигандек, интиқлик билан тайинловларни кутиб ўтиришимни ве…
  5. Oct 15, 2026Rostanam, nega shunday qilishadi o‘zi, shanba kuni kechki payt, yoki boshqa kuni bo‘lsa ha…
  6. Oct 15, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan Farruh…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →