Andijondagi maktabda, (Oltinko‘l tumani deyishmoqda) o‘quvchi qizlar mushtlashgan, buni boshqa bir "Errrkak" o‘g‘il bola videoga olib fon berib turgan.Mushtlashuv uzoq va murosasiz bo‘lgan, tomonlar turli guruhga bo‘lingan holda qo‘lidan kelgancha raqibni yengish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishgan.
Eng qizig‘i, manbaalar bu boqea ortidan sinf rahbari ishdan olinganini sobiq Maktabgacha va maktab talimi vazirligining amaldagi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova bildirganini yozgan, lekin meni ko‘zim tushmadi. Xullas ikkita ( 1 va 2) manbaa shunday maʼlumot tarqatdi.
Qiziq, bular kallasi bilan urishib qolganmi masʼullar, nega sinf rahbarni ishdan olinadi, manovi qizlarni ota-onasini ishdan olish kerak aslida, bolasiga ko‘proq vaqt ajratib tarbiyalab olishi uchun. Sinf rahbariga maksimum shu sinfni olib qo‘yib, yelkasidan tog‘ni ag‘darib, unga yordam qilish kerak. Agar xabar rost bo‘lsa tamom bo‘libdi lekin, shu o‘qituvchini ishdan olishga buyruq berganlarni ishdan olish kerak!
P. S: Matbuot kotibi Dilfuza Sobirovaning kanalida turgan ekan xabar. Quyida joyladim.
@domlajon
t.me/domlajon
Post #14523
1.68K


- 👍 27
- ❤ 3
- 💯 3
- 😁 1