Bugun soat 9-00 dan kimyo va biologiya fanlaridan Milliy sertifikat imtihoniga qabul ochilibdi. Qolgan fanlar qachon ochilishi nomaʼlum.
Juda ko‘p abituriyentlar, o‘qituvchilar shikoyat yuborishyaptiki, sayt umuman qotib qolgani bo‘yicha.
Bu, fanlardagi limit qo‘yilgani sabab bir vaqtda hamma kirib yuborishidan, har qanday sayt albatta bunday paytda qotadi, hech kimga bo‘lmay turaveradi. Kecha soat tungi 12 dan boshlab kutib o‘tirganlar bor, uxlamasdan. Ular ham birdek hozirda.
Shu limitni olib tashlash kerak, boshqa iloj yo‘q. Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan gaplashsam, talabgorlar shunchaki ham ariza qoldirib, imtihonga kirmayotganini, natijada joylar ochiq qolib ketayotganini aytishmoqda. Buning yechimini taklif qilaman: xuddi poyezddan onlayn chipta olishingizda yarim soat vaqt beradigan talab qilish kerak, limit olib tashlanadi, bir necha kun ochiladi, siz ariza topshirganingizdan so‘ng yarim soat ichida pul to‘lasangiz qolasiz, bo‘lmasa baza o‘chirvoradi. Menimcha ancha zo‘r bo‘ladi saytga ham, masʼularga ham.
Masʼullar milliy sertifikatga 250 ming o‘rniga 500 mingcha odamdan imtihon olganini aytishgandi adashmasam. Endi OTMlarga kirish imtiyozi shu milliy sertifikatga bog‘lab qo‘yilgach, o‘qituvchilarning ustamalari ham shunga bog‘langach, bundan battar bo‘laveradi, avgust imtihonidek tasavvur qilaverish kerak bu milliy sertifikat imtihonlarini, deylik avgust imtihonida limit yo‘qku, bunda ham qo‘ymaslik kerak, imtihon olishga joy yoki sharoit topa olmasak, sertifikat tizimini butunlay yo‘qotib, faqat o‘sha avgust imtihonini qoldirish kerak, xuddi qimordek kimni omadi kelib ariza topshirib qolsa o‘shani imtihon qilish bu adolatsizlik!
Bola imtihonga tayyorlanishi kerak, sertifikatga ro‘yxatdan o‘tib olish poygasidamas!
O‘ylaymanki, masʼullar buni chuqur o‘ylab, hammani qiynashni bas qilishadi.
@domlajon
t.me/domlajon
Post #14522
3.49K
- 🔥 49
- ❤ 9
- 👏 3