Joriy yilning 14-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Oltinko’l tumani 11-umumta’lim maktabi qizlar janjali” sarlavhasi ostidagi xabarlar yuzasidan MUNOSABAT
Oltinko’l tumani, “Qo‘shtepa” mahalla fuqarolar yig’ini o’ramida joylashgan 11-umumta’lim maktabi 2014-yilda qurilgan bo'lib, hozirda maktabda 998 nafar o’quvchilarga 67 nafar ustozlar tomonidan ta’lim-tarbiya berib kelinmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlardagi holat joriy yilning 13-oktabr kuni soat 14:00lar chamasida (tanaffus vaqtida) maktabning uch nafar o’quvchi qizlari o’zaro tortishuvi natijasida videotasvirlardagi holat ro’y bergan.
Holat nazoratga olinib, tuman MMTB ma’sullari, profilaktika inspektori N. Nazirov, maktab rahbariyati va o’quvchilarning ota-onalari ishtirokida profilaktik suhbat olib borilib, yakunda o’quvchilarning ota-onalariga nisbatan O’zMJTKning 47-moddasini qo’llash bo’yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, mazkur sinfni nazoratida kamchiliklarga yo’l qo’yganligi sababli sinf rahbari Sh.N sinf rahbarligidan ozod etildi.
Post #14527
3.04K
Forwarded from MMTV | Dilfuza Sobirova
- ❤ 4