Turkiya | Anqara, Istanbul | oktabr, 2026
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning kuni kechagi kunlarda Turkiyaga tashrifini kuzatib, juda salmoqli uchrashuv va muzokaralar qilganiga guvoh bo‘lish mumkin.
Avvalo, qardoshlarimiz prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘on bilan o‘zbek—turk tillarida samimiy uchrashuvi katta ahamiyatli. Bizning davlatimizning eng yaqin strategik hamkor davlati rahbarining yurtimizga bo‘lgan hurmati shu uchrashuvda ham bilinib turibdi.
Keyinchalik Saida Shavkatovna dunyoga mashhur Bayrakdar droni kabi mashhur harbiy texnika ishlab chiqarish kompaniyasi "Bayrak" kompaniyasi rahbari Selchuk Bayrakdar bilan manfaatli muzokaralar qilgani xabar qilingan.
So‘ng O‘zbekiston tarafidan Turkiyadagi zilziladan keyin qurib bergan maktabga borib, welcome to Uzbekistan, deyishi ham chiroyli maʼno beradi.
Butunjahon Etnosport Konfederatsiyasi prezidenti bilan madaniy va sport tadbirlariga doir aloqalar yuzasidan muzokaralar tashlil etilgan.
Taʼlim bo‘yicha masalalarni ham unutmagan Administratsiya rahbari Ibn Xaldun universitetiga ham borganligi va universitet masʼullari bilan ko‘rishgani ko‘rinib turibdi.
Umuman olganda, Saida Shavkatovnaning Turkiyadagi qisqa safarida juda katta narsalarga ulgurib qaytganiga qisqa lavhadan guvoh bo‘lish mumkin.
@domlajon
t.me/domlajon
Post #14538
2.42K