Xabaringiz bor, shu oyda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 100 dan oshiq tadbirkorlar bilan O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi, Administratsiyaning AQShdagi vakili Komil Allamjonov AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori Maykl Jerimayya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi, Samarqanddagi “C5+1” uchrashuvi hamda Mayamida bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp G20 sammitiga davlatimiz rahbarini taklif qilgani alohida quvonarli hodisa, desak bo‘ladi.
Bunday uchrashuvlar mana shunday yirik tadbirlarni tashkil qilishda katta ahamiyatlidir.
@domlajon
t.me/domlajon
Post #14540
1.64K



- ❤ 2