Uchib borayotgan ninachini
Havoning o'zida qovurar iyul
Sovutkich naychasi
Hali kun yarimlamay
Chumchuqlarga bir yutumdan jon ulashib chiqar
Mushuklar tavof qilgan
Majnuntut ko'lkasidan
Ro'mol kesib olar Chirildoq ...
Boshimdan yulgan ro'molimni
Majnuntut boshiga yopaman –
Laylo bo'lmoq sharafmas endi
Tutlar majnun bo'lgan dunyoda
So'ng ellik darajalik oftobda
Ohimni yutib o'tiraman –
Olov chiqmasin, deb.
Gulnoz Mo'minova. Iyul she'rlari: https://literature.uz/article/gulnoz-mominova-iyul-sherlari
Post #1442
420
