TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
Davlat xizmatlari yangiliklari

Davlat xizmatlari yangiliklari

@davxizmat

Subscribers
70.8K
Photos
10.3K
Videos
977
Links
8.8K
Recent Posts 20 shown
Post #14973 9.63K
📃Advokatlar uchun qulaylik

🔹Xizmat nomi:

Advokatlik guvohnomasini berish, almashtirish va tiklash

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar

🏢Vakolatli organ(lar):
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

🗂Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Talab etilmaydi

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorda

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
2 ish kuni

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-iyundagi "Advokatlik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 226-son qaroriga

🌐website  📱facebook  📱instagram  📱linkedIn  📱youtube📱X (twitter)
  • ❤ 16
Post #14972 14.2K
👮‍♀️ Jarima ballari muammosi onlayn hal bo’ladi

🚗
Avtomobilni ishonchnoma yoki yaqin qarindoshlik aloqalari asosida boshqarayotgan shaxs qoidabuzarlik sodir etsa, jarima bevosita haydovchining nomiga keladigan qilsa bo’ladi.

☁️ Buning uchun haydovchi ma'lumotlarini my.gov.uz orqali tizimga kiritish zarur:

⏺ Avtotransport egasi: my.gov.uz portalida Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni boshqa shaxsga oʻtkazish xizmatini tanlaydi. Avtomobilning davlat raqami va boshqarish muddatini ko‘rsatadi. Boshqaradigan shaxsning JShShIR, pasport seriyasi va raqami, boshqaruv huquqini berish asosini (yaqin qarindosh/ishonchnoma) kiritadi.

⏺ Haydovchi: o‘zining my.gov.uz profilidagi “Xabarnomalar” bo‘limiga kirib, arizani ERI, Mobile-ID yoki Face-ID orqali tasdiqlaydi.

⏺To‘lov: Xizmat pullik — BHMning 0.9 foizi (10% chegirma bilan 39 600 so‘m).

✨ Imtiyoz: Ijtimoiy reyestrdagilar va I/II guruh nogironlari uchun 50% chegirma bor.

⏱️ Arizani ko‘rib chiqish muddati:
⏺ Jismoniy shaxslar: Avtomatik.
⏺ Yuridik shaxslar: 5 ish kuni ichida.

🔅 Yuridik shaxslar uchun tartib: Tashkilot rahbari har bir mashina uchun alohida ariza yuboradi va ishonchnoma, sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasini ilova qiladi.

❗️ Muhim: Davlat organlari va yo‘lovchi tashuvchilar uchun o‘z xodimlariga javobgarlikni rasmiylashtirish — BEPUL!

⚠️ Asosiy talablar:
💬 Haydovchida haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shart.
💬 Ishonchnoma mavjud bo‘lishi kerak.

🛡 Sug‘urta (OSAGO): Agar sug‘urta cheklangan bo‘lsa, haydovchi ismi unda bo‘lishi shart.


📸 Endi kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun avtomobil egasi sarson bo‘lmaydi va unga ortiqcha jarima ballari yozilmaydi. Mas’uliyatni haqiqiy haydovchi o‘z bo‘yniga oladi.

📇 Ushbu foydali ma’lumotni yaqinlaringizga ham ulashing!

🌐website  📱facebook  📱instagram  📱linkedIn  📱youtube📱X (twitter)
  • ❤ 28
  • 👍 6
  • 🔥 1
Post #14971 16.9K
❗️Ko‘chmas mulk egalari uchun qulay yechim!

👨‍💻 Кadastr pasportini hech qayerga bormasdan, navbatlarda turmasdan onlayn rasmiylashtirsa boʻladi.

💁🏻‍♂️ Buning uchun:

🗄 my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish;
🗄 “Kadastr” boʻlimidan tegishli xizmatni tanlash;
🗄 kerakli maʼlumotlarni toʻldirib, ariza yoʻllash kifoya.

🪪 Ushbu xizmatdan foydalanish uchun qoʻl ostimizda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat boʻlishi lozim.

📱 Murojaat koʻrib chiqilgach, talabgorga my.gov.uz orqali elektron shakldagi kadastr pasporti taqdim etiladi.

🏠 Ko'chmas mulk va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog'liq boshqa xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolaga oʻting.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 34
  • 👍 12
  • 🔥 3
Post #14970 19.7K
✅ YATTni ro‘yxatdan o‘tkazish endi my.gov.uz orqali yanada tez va oson!

🗣 Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun ajoyib qulaylik!

💬 Yakka tartibdagi tadbirkor (YATT) sifatida ro‘yxatdan o‘tish xizmati my.gov.uz portalida yangilandi va jarayon yanada soddalashtirildi.

👉 Xizmatdan foydalanish uchun:
1️⃣ my.gov.uz portalida avtorizatsiyadan o‘ting va "Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish" xizmatini tanlang;
2️⃣ Shaxsiy ma’lumotlaringizni (JShShIR va telefon raqami) kiriting;
3️⃣ Faoliyat turi, manzili va bank ma’lumotlarini belgilang;
4️⃣ Ma’lumotlarni tekshirib, Face-ID orqali shaxsingizni tasdiqlang hamda arizani yuboring;
5️⃣ Davlat boji uchun shakllangan invoys bo‘yicha to‘lovni amalga oshiring.

💰 Xizmat narxi:
⏺ Odatiy tartibda: 1 BHM
⏺ my.gov.uz orqali topshirilganda: 10% chegirma bilan 0,9 BHM (90%).

Natija: To‘lov qilingandan so‘ng real vaqt rejimida Yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi elektron guvohnoma shakllanadi va uni darhol yuklab olishingiz mumkin.


📱 Vaqtingizni tejang — o‘z biznesingizni uydan chiqmasdan, bir necha daqiqada rasmiylashtiring!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 23
  • 👍 4
Post #14969 26.3K
#Adliya_xabari

📃Foydali modelga patent berish

🔹Xizmat nomi:

Foydali modelga patent olish

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar

🏢Vakolatli organ(lar):
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

🗂Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

✅Foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq ochib berilgan tavsifi;
✅Foydali model mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan foydali model formulasi;
✅Foydali model mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlganda chizmalar va boshqa materiallar;
✅Referat

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan miqdorda


📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
Yagona portal orqali avtomatik tarzda.


Asos: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi "Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 297-son qarori.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 26
  • 👍 4
  • 🔥 2
Post #14968 22.3K
🟡 Ota-onalar diqqatiga: Farzandingizning maktabdagi baholari va davomati haqida bilish endi yanada oson!

☑️ Endilikda my.gov.uz portali orqali umumiy oʻrta taʼlim maktabida tahsil olayotgan farzandingizning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari hamda u taʼlim olayotgan maskan haqida batafsil maʼlumotlarni masofadan olishingiz mumkin.

👉 Ushbu qulaylik orqali farzandingizning oʻquv natijalari:
🗄 Har bir fan boʻyicha joriy baholari va oʻrtacha koʻrsatkichlari;
🗄 Sinfga oid va umumiy baholar statistikasini.

✅ Shuningdek, maktabi haqida maʼlumotlar:
⏺ Taʼlim muassasasining nomi va aniq manzili;
⏺ Maktabdagi oʻquvchilar va faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni;
⏺ Maktabga oid boshqa muhim maʼlumotlarni olishingiz mumkin.

👉 Buning uchun:
1️⃣ my.gov.uz portaliga kiring;
2️⃣ Shaxsiy kabinetingizdagi “Mening oilam” boʻlimiga oʻting;
3️⃣ Farzandingiz haqidagi maʼlumotlar yon tomonida “Maktab maʼlumotlari” tugmasini tanlang.

🗣Tez orada my.gov.uz da farzandlarning maktabdagi davomati toʻgʻrisida real vaqt rejimida maʼlumot berish ham ishga tushiriladi.

❗️Farzandingizning taʼlimdagi muvaffaqiyatlarini uydan chiqmasdan, qulay va shaffof tarzda kuzatib boring!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 18
  • 👍 11
Post #14967 25.2K
#talim

⚡️Ta'lim krediti uchun
my.gov.uz orqali ariza topshiring!

📱Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

👉 Bunda:
💬 ro'yxatdagi tijorat banklaridan biri hamda u joylashgan hudud tanlanadi.

📝 Birgalikda qarz oluvchi va kafil ma'lumotlari kiritiladi.

📲Shundan so’ng, birgalikda qarz oluvchi va kafilning my.gov.uz dagi shaxsiy kabinetlariga xabarnomalar yuboriladi. Ular tomonidan xabarnoma tasdiqlanganidan so'nggina ariza yuboriladi.

🏛Arizalar tegishli tijorat banki tomonidan 5 ish kunida ko'rib chiqiladi.

❓Ta’lim krediti kimlarga beriladi?

Ta’lim krediti kunduzgi ta’lim shaklida, bakalavr va magistratura bosqichida, davlat va nodavlat OTMlarida o‘qiyotgan talabalar hamda o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilariga beriladi. Bu imkoniyatdan o‘qishini ko‘chirgan talabalar ham foydalanishi mumkin.

❗️Bu xizmatdan faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydigan talaba va oʻquvchilar foydalanishlari mumkin.


👉 Kredit miqdori:
🔵1-bosqich talabalari uchun 100% kontrakt toʻlovi;

👉 2-bosqich va undan yuqori bosqichdagi talabalar uchun:
🔵 fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha GPA (grade point average) koʻrsatkichi 3 dan past boʻlganda kontrakt toʻlovining 80% miqdori boʻyicha taʼlim krediti ajratiladi, qolganini talaba oʻzi toʻlaydi;

💰Ta’lim kreditini qaytarish ham ancha oson va erkin. Uni o‘qish muddati tugaganidan so‘ng, yettinchi oydan boshlab, 7 yil davomida qaytarsangiz bo‘ladi. O‘g‘il bolalar uchun foizlar Markaziy bankning asosiy stavkasidan kelib chiqib belgilanadi, qizlarga esa foizsiz kredit ajratiladi.

🧑‍💻GPA koʻrsatkichi 3 va undan yuqori boʻlganda yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganda  kontrakt toʻlovining 100% miqdori boʻyicha taʼlim krediti ajratiladi.
Ta’lim krediti super-kontraktda o‘qiydiganlar, sirtqi, kechki yoki masofaviy ta’lim shaklidagi talabalarga berilmaydi. Shuningdek, xorijdagi Oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlar ham ta’lim kreditini ololmaydi.


Aziz talaba va o‘quvchilar, ushbu imkoniyatdan foydalanib, orzularingiz sari qadam tashlang! Ta’lim krediti – bu kelajak uchun ishonchli va foydali investitsiyadir!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 36
  • 👍 5
  • 🔥 1
Post #14966 26.7K
☄️ Shikastlangan davlat raqamini yangisiga onlayn almashtiring!

🚗 Аvtomobilingizning davlat raqami belgisi (nomer) yaroqsiz holga kelgan yoki shikastlangan bo‘lsa, uni almashtirish uchun "GAI"da navbatlarda turish shart emas. Bu xizmatdan my.gov.uz portali orqali onlayn foydalansa bo‘ladi.

👉 Xizmatdan foydalanish uchun:

⏺ my.gov.uz portaliga kiring.
⏺«Shikast yetgan avtotransport vositasining davlat raqami belgisini tiklash» xizmatini tanlang.
⏺Arizani to‘ldiring va unga shikastlangan davlat raqamining fotosuratini ilova qiling.

📱 Ariza vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilgach, sizga to‘lov uchun invoys yuboriladi.

💰To‘lov amalga oshirilgach, ko‘rsatilgan hududiy bo‘linmaga borasiz va eski raqamni topshirib, yangisini qabul qilib olasiz.

❗️To‘lov bazaviy hisoblash miqdoriga (BHM) asoslangan:
🗄1 juft (oldi va orqa) raqam uchun: 1 980 000 so‘m (4,5 BHM).
🗄1 dona raqam uchun: 990 000 so‘m (2,25 BHM).


Bu muhim!
Ariza yuborishda raqamning holati aks etgan rasm aniq bo‘lishiga e’tibor bering. Bu jarayonni tezlashtiradi va ortiqcha ovoragarchilikning oldini oladi.


👮‍♂️ Vaqtingizni tejang va raqamlarni masofadan turib yangilang!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 49
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #14965 29.2K
🇺🇿 ☄️ Yangi xizmat

🟡 Oʻquvchini xorijga ketishi munosabati bilan maktab safidan chiqarish endi onlayn!

👨‍💻 Ilgari bu jarayon uchun taʼlim muassasasi hamda tegishli idoralarga borish, turli hujjat va maʼlumotnomalarni yigʻish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmat my.gov.uz portaliga integratsiya qilinib, toʻliq onlayn shaklga oʻtkazildi.

👉 Xizmat bo'yicha eng muhim ma'lumotlar:

👤 Kimlar ariza topshirishi mumkin? 18 yoshga toʻlmagan oʻquvchining ota-onasi yoki vasiysi.
🏫 Qaysi taʼlim muassasalariga taalluqli? Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (maktab, litsey, kollej va texnikumlar).
🔖 Talab qilinadigan hujjatlar: Yoʻq! Hech qanday qoʻshimcha hujjat talab etilmaydi. Barcha kerakli maʼlumotlar idoralararo elektron tizim orqali avtomatik olinadi.

❗️Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

⏱️ Koʻrib chiqish tartibi va muddatlari:
1. Ariza bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi tomonidan 5 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi;
2. Qabul qilingan qaror kelib tushganidan soʻng, taʼlim tashkiloti 1 ish kuni ichida oʻquvchini elektron tizim (baza)dagi oʻquvchilar safidan chiqaradi.

👉 Ariza topshirish uchun:
🗄 my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasiga kiring va “O‘quvchini xorijiy davlatga ketishi munosabati bilan ta’lim tashkiloti o‘quvchilari safidan chiqarish” xizmatini tanlang;
🗄 Farzandingizni (oʻquvchini) belgilab, elektron soʻrovnomani toʻldiring;
🗄 Arizani tasdiqlang va yuboring;
🗄 Natijani shaxsiy kabinetingiz orqali kuzatib boring.

🗣Ushbu foydali ma'lumotni chet elga vaqtincha yoki doimiy yashash uchun ketayotgan va farzandi maktab/kollejda oʻqiydigan tanishlaringizga ulashib qoʻying!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 41
Post #14964 44K
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🎓 Ijarada yashovchi talabalar diqqatiga: Pulingizni onlayn qaytarib oling!

👩‍💻 Ijarada yashaydigan talaba bo‘lsangiz, ijara to‘lovining bir qismini onlayn tarzda qaytarib olishingiz mumkin!

👉 Buning uchun universitet va bank o‘rtasida yugurish shart emas, hammasi my.gov.uz orqali onlayn amalga oshiriladi:

💬 Portalga kiring.
💬 “Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish” xizmatini tanlang.
💬 Hech qanday hujjat talab etilmaydi, tizim avtomatik ravishda tekshiradi.

💰 Ariza ijobiy ko‘rilgan taqdirda:

⏺️Toshkent shahridagi talabalar — 1 BHM (440 ming so‘m),
⏺️ Viloyatlardagi talabalar — 0.5 BHM (220 ming so‘m), miqdorida to‘lovni qaytarib oladi.

📅 Arizalar har oyning 1–7 kunlari qabul qilinadi.

📱 my.gov.uz orqali davlat xizmatlaridan foydalaning va vaqtingizni tejang!

▶️https://youtube.com/shorts/YWfldpiGQ5o

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 61
  • 👍 3
  • 🔥 1
Post #14963 76.5K
#Adliya_xabari

✅ FHDY bo’limlariga borish shart emas — FHDY xizmati sizga keladi. Onlayn!

Bir paytlar oddiy hujjat uchun ham ishdan ruxsat so‘rash, yo‘lga chiqish, navbat kutish talab etilardi.

Bugun esa ko‘plab FHDYO xizmatlaridan uydan chiqmasdan, onlayn foydalanish mumkin.

💍 nikohni qayd etish uchun ariza berish;
👶 tug‘ilganlikni qayd etish va guvohnoma olish uchun ariza yuborish;
📄 tug‘ilganlik, nikoh va boshqa FHDY hujjatlarining takroriy nusxalarini olish — endi masofadan turib amalga oshiriladi.

⏱ Kamroq vaqt. Kamroq ovoragarchilik. Ko‘proq qulaylik.

✅ FHDY xizmatlari — odamlarga yaqin, zamonaviy va qulay.

🎥 Qanday foydalanish mumkin? Batafsil — rolikda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 202
  • 👍 31
  • 🔥 11
Post #14962 71.8K

Forwarded from ADLIYA YANGILIKLARI

Internet orqali xarid qilish tajribasini o‘rganish bo‘yicha SO‘ROVNOMA 🛒📱

📣 Hurmatli fuqarolar!

Bugungi kunda internet saytlari, mobil ilovalar, internet-do‘konlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tovar va xizmatlar xarid qilish keng tarqalmoqda.

Mazkur so‘rovnoma internet orqali xarid qilish tajribasi, iste’molchilar duch kelayotgan muammolar, murojaat qilish amaliyoti hamda fuqarolarning o‘z huquqlarini bilish darajasini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda.

So‘rovnoma natijalari elektron tijorat sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalaniladi

.👉 So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola
:
🔗 https://forms.gle/hvKsk5s4D2P5kyTTA

🔒 So‘rovnoma anonim bo‘lib, olingan ma’lumotlar faqat umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi.
❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim

🙌 Ishtirokingiz uchun rahmat!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 80
  • 🔥 2
Post #14961 65.7K

Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari

#Intellektual_mulk

⚔️ Intellektual mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yanada qulay

✅ Endilikda tovar belgilari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun talabnomalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham topshirish mumkin.

❗️Intellektual mulk — sizning bilimingiz, mehnatingiz va kelajakka qoʻshgan hissangizdir. Uni qonun bilan himoya qiling.

🎥 Batafsil maʼlumot — videoda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 76
  • 👍 12
  • 🔥 6
Post #14959 54.3K

Forwarded from ADLIYA YANGILIKLARI

#Adliya_xabari

⚔️ Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning vazifamiz!

❗️Pora talab qilish, noqonuniy xatti_harakatlar yoki boshqa korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, bu haqda darhol xabar bering.

📞 Ishonch telefoni: +998 71 207-04-64 (1321, 1322, 1323, 1324)
🤖 Telegram bot: @anticorbot

🔒 Murojaat qiluvchining shaxsi va taqdim etilgan ma'lumotlarning maxfiyligi kafolatlanadi.


⚔️Halollik va qonun ustuvorligini birgalikda ta'minlaylik!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 38
  • 👍 4
  • 🔥 3
Post #14958 54.3K

Forwarded from ADLIYA YANGILIKLARI

⌛️ Internet va mobil aloqa orqali sodir etiladigan ta’qib va tazyiq holatlarini o‘rganish bo‘yicha SO‘ROVNOMA 📝

📣 Hurmatli fuqarolar!

🔒 Bugungi kunda internet, ijtimoiy tarmoqlar va mobil aloqa orqali qayta-qayta bezovta qilish, tahdid qilish, haqoratlash, yolg‘on ma’lumot tarqatish, shaxsiy ma’lumotlar yoki suratlarni ruxsatsiz e’lon qilish kabi ta’qib va tazyiq holatlari ham uchramoqda. Mazkur so‘rovnoma bunday holatlarning qanchalik keng tarqalganini, fuqarolarga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini hamda jabrlanganlar qayerga murojaat qilayotganini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda. Olingan natijalar ta’qib va tazyiq holatlarining oldini olish hamda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalaniladi.

🔗Havola: https://forms.gle/phmaZJxV6tNvUfkDA

So‘rovnomada to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob mavjud emas. O‘zingiz duch kelgan yoki kuzatgan holatlarni qanday bo‘lsa, shunday belgilang. Javoblaringiz  anonim bo‘lib, faqat umumlashgan holda tahlil qilinadi. To‘ldirish uchun 4-5 daqiqa kifoya.


❗️Ishtirokingiz uchun rahmat!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 66
  • 👍 3
  • 🔥 1
Post #14957 42.3K

Forwarded from ADLIYA YANGILIKLARI

#Adliya_xabari

⚔️ Diqqat! Adliya vazirligi ogohlantiradi

🔸 So‘nggi vaqtlarda ayrim shaxslar o‘zlarini "Patent agentligi", "Patent markazi" yoki "Patent idorasi" xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolar va tadbirkorlarga qo‘ng‘iroq qilayotgani kuzatilmoqda.

🔹 Ular haq evaziga tovar belgisini albatta ro‘yxatdan o‘tkazib berishni va’da qilmoqda. Ayrim hollarda esa, rozi bo‘lmagan tadbirkorlarni tovar belgisini boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirib olish yoki undan foydalanishni cheklash bilan chalg‘itishga urinmoqda.

📌 Shuni unutmang:
🔹 "Patent agentligi", "Patent markazi" yoki "Patent idorasi" nomi bilan faoliyat yuritayotgan tashkilotlar vakolatli davlat organlari hisoblanmaydi.
🔹 Intellektual mulk obyektlariga patent va guvohnomalar berish bo‘yicha yagona vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hisoblanadi.
🔹 Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish ixtiyoriy bo‘lib, hech kim sizni bunga majbur qila olmaydi.
🔹 Hech bir shaxs yoki tashkilot tovar belgisining albatta ro‘yxatdan o‘tkazilishini kafolatlay olmaydi. Patent bojlari miqdori qonunchilikda belgilangan.

🔸 Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani im.adliya.uz portali orqali mustaqil ravishda yoki patent vakili orqali topshirishingiz mumkin.

🔹 Bugungi kunda respublikada 151 nafar patent vakili faoliyat yuritmoqda. Ularning ro‘yxati im.adliya.uz portalining "Patent vakillari" bo‘limida e'lon qilingan.

❗️Shubhali qo‘ng‘iroqlar va asossiz va'dalarga ishonmang. Firibgarlik alomatlariga duch kelsangiz, bu haqda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 61
  • 🔥 3
  • 👍 1
Post #14956 47.5K
#Adliya_xabari
#muhim_yangilik

⚔️ "Bir ariza – bir natija" (1-0-1): endi bolani bog‘chaga joylashtirish uchun barcha xizmatlar bitta tizimda

✅ Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish jarayoni "Bir ariza – bir natija" (1-0-1) tamoyili asosida to‘liq raqamlashtirildi.

💻 Endilikda ota-onalar my.gov.uz portali orqali quyidagi xizmatlarning barchasidan yagona tizim orqali foydalanishi mumkin:
✅ bolani bog‘chaga joylashtirish uchun yo‘llanma rasmiylashtirish;
✅ zarurat bo‘lmaganda yo‘llanmani bekor qilish;
✅ tibbiyot muassasasiga elektron yo‘llanma olish va tibbiy ma’lumotnomani rasmiylashtirish;
✅ maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan shartnomani elektron shaklda imzolash.

🔄 Barcha jarayonlar turli idoralarga alohida murojaat qilmasdan, yagona platformada amalga oshiriladi.

⚙️ Shuningdek, bolani tarbiyalanuvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayoni ham to‘liq avtomatlashtirildi. Endilikda ushbu jarayon inson omilisiz va real vaqt rejimida amalga oshiriladi.

📌 Avvallari ota-onalar ushbu jarayonni yakunlash uchun 20 kungacha vaqt sarflar, bir nechta idoraga murojaat qilishlariga to‘g‘ri kelar, hujjatlarni kelishish va rasmiylashtirish esa inson omili ishtirokida amalga oshirilardi.

🚀 Endi esa barcha bosqichlar yagona raqamli tizimga birlashtirildi. Natijada bog‘chaga joylashtirish tartibi ota-onalar uchun yanada qulaylashdi, vaqt va ortiqcha hujjatbozlik kamaydi, xizmatlarning shaffofligi hamda tezkorligi oshirildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 80
  • 🔥 8
  • 👍 3
Post #14955 46.2K

Forwarded from ADLIYA YANGILIKLARI

#Biz_Adliya_oilasimiz

⚔️ Adliya — shunchaki ish joyi emas.

Bu — bilim bilan erishiladigan imkoniyat, mehnat bilan bosib o‘tiladigan yuksalish yo‘li, xalq roziligi bilan o‘lchanadigan sharafli xizmat.

Bizni qonuniylik, insonparvarlik, halollik, professionallik, tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoaviylik birlashtiradi.

Biz Adliya oilasimiz!
  • ❤ 29
  • 👍 6
  • 🔥 4
Post #14952 42.8K

Forwarded from ADLIYA YANGILIKLARI

#muhim_yangilik
#Adliya_xabari

⚔️ "Bir ariza – bir natija" (1-0-1): endi 3 ta hujjatni apostil bilan olish uchun bitta ariza kifoya

📑 Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida "Chet elga taqdim etiladigan hujjatlarni kompozit apostil qilish" xizmati ishga tushirildi.

✅ Endilikda fuqarolar my.gov.uz portali orqali bitta ariza yuborish orqali quyidagi hujjatlarni apostil qo‘yilgan holda rasmiylashtirishi mumkin:
• sudlanmaganlik haqida ma'lumotnoma;
• ruhiy kasalliklar dispanserida ro'yxatda turmaslik haqida ma'lumotnoma;
• narkologiya dispanserida ro'yxatda turmaslik haqida ma'lumotnoma.

💻 Yangi xizmat "Bir ariza – bir natija" (1-0-1) tamoyili asosida ishlaydi. Fuqarodan faqat bitta elektron ariza talab etiladi. Qolgan barcha jarayonlar tegishli davlat organlari o‘rtasidagi elektron axborot almashinuvi orqali, fuqaroning bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladi.

📌 Avval ushbu xizmatdan foydalanish uchun fuqaro:
• Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat qilishi;
• tegishli ma'lumotnomani alohida olishi;
• hujjatga imzo va muhr qo‘ydirishi;
• apostil qo‘yish uchun yana alohida ariza topshirishi;
• apostil natijasini olish uchun qayta murojaat qilishi lozim edi.

✨ Endi esa ushbu 5 bosqichning barchasi bitta ariza orqali amalga oshiriladi. Natijada fuqarolarning vaqti tejaladi, ortiqcha hujjatbozlik va takroriy murojaatlarga ehtiyoj qolmaydi.

🌐 Xizmatdan foydalanish: https://my.gov.uz/uz/service/1486

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 73
  • 👍 12
  • 🔥 5
Older posts →

About this channel

How can I read @davxizmat without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Davlat xizmatlari yangiliklari: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Davlat xizmatlari yangiliklari have?
Davlat xizmatlari yangiliklari (@davxizmat) has 70.8K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Davlat xizmatlari yangiliklari know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →