TGViewer
Davlat xizmatlari yangiliklari Davlat xizmatlari yangiliklari @davxizmat · 70.8K subscribers
Post #14972 15.2K
👮‍♀️ Jarima ballari muammosi onlayn hal bo’ladi

🚗
Avtomobilni ishonchnoma yoki yaqin qarindoshlik aloqalari asosida boshqarayotgan shaxs qoidabuzarlik sodir etsa, jarima bevosita haydovchining nomiga keladigan qilsa bo’ladi.

☁️ Buning uchun haydovchi ma'lumotlarini my.gov.uz orqali tizimga kiritish zarur:

⏺ Avtotransport egasi: my.gov.uz portalida Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni boshqa shaxsga oʻtkazish xizmatini tanlaydi. Avtomobilning davlat raqami va boshqarish muddatini ko‘rsatadi. Boshqaradigan shaxsning JShShIR, pasport seriyasi va raqami, boshqaruv huquqini berish asosini (yaqin qarindosh/ishonchnoma) kiritadi.

⏺ Haydovchi: o‘zining my.gov.uz profilidagi “Xabarnomalar” bo‘limiga kirib, arizani ERI, Mobile-ID yoki Face-ID orqali tasdiqlaydi.

⏺To‘lov: Xizmat pullik — BHMning 0.9 foizi (10% chegirma bilan 39 600 so‘m).

✨ Imtiyoz: Ijtimoiy reyestrdagilar va I/II guruh nogironlari uchun 50% chegirma bor.

⏱️ Arizani ko‘rib chiqish muddati:
⏺ Jismoniy shaxslar: Avtomatik.
⏺ Yuridik shaxslar: 5 ish kuni ichida.

🔅 Yuridik shaxslar uchun tartib: Tashkilot rahbari har bir mashina uchun alohida ariza yuboradi va ishonchnoma, sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasini ilova qiladi.

❗️ Muhim: Davlat organlari va yo‘lovchi tashuvchilar uchun o‘z xodimlariga javobgarlikni rasmiylashtirish — BEPUL!

⚠️ Asosiy talablar:
💬 Haydovchida haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shart.
💬 Ishonchnoma mavjud bo‘lishi kerak.

🛡 Sug‘urta (OSAGO): Agar sug‘urta cheklangan bo‘lsa, haydovchi ismi unda bo‘lishi shart.


📸 Endi kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun avtomobil egasi sarson bo‘lmaydi va unga ortiqcha jarima ballari yozilmaydi. Mas’uliyatni haqiqiy haydovchi o‘z bo‘yniga oladi.

📇 Ushbu foydali ma’lumotni yaqinlaringizga ham ulashing!

🌐website  📱facebook  📱instagram  📱linkedIn  📱youtube📱X (twitter)
  • ❤ 30
  • 👍 6
  • 🔥 1
More from @davxizmat
  1. Sep 24, 2026📃Advokatlar uchun qulaylik 🔹Xizmat nomi: Advokatlik guvohnomasini berish, almashtirish v…
  2. Sep 22, 2026❗️Ko‘chmas mulk egalari uchun qulay yechim! 👨‍💻 Кadastr pasportini hech qayerga bormasda…
  3. Sep 21, 2026✅ YATTni ro‘yxatdan o‘tkazish endi my.gov.uz orqali yanada tez va oson! 🗣 Tadbirkorlikni…
  4. Sep 18, 2026#Adliya_xabari 📃Foydali modelga patent berish 🔹Xizmat nomi: Foydali modelga patent olish…
  5. Sep 18, 2026🟡 Ota-onalar diqqatiga: Farzandingizning maktabdagi baholari va davomati haqida bilish en…
  6. Sep 16, 2026#talim ⚡️Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring! 📱Buning uchun my.gov.uz…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →