TGViewer
my.gov.uz my.gov.uz @mygovuz · 265K subscribers
Post #4025 79.3K
#talim

⚡️Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

📱Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

👉 Bunda:
💬 ro'yxatdagi tijorat banklaridan biri hamda u joylashgan hudud tanlanadi.

📝 Birgalikda qarz oluvchi va kafil ma'lumotlari kiritiladi.

📲Shundan so’ng, birgalikda qarz oluvchi va kafilning my.gov.uz dagi shaxsiy kabinetlariga xabarnomalar yuboriladi. Ular tomonidan xabarnoma tasdiqlanganidan so'nggina ariza yuboriladi.

🏛Arizalar tegishli tijorat banki tomonidan 5 ish kunida ko'rib chiqiladi.

❓Ta’lim krediti kimlarga beriladi?

Ta’lim krediti kunduzgi ta’lim shaklida, bakalavr va magistratura bosqichida, davlat va nodavlat OTMlarida o‘qiyotgan talabalar hamda o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilariga beriladi. Bu imkoniyatdan o‘qishini ko‘chirgan talabalar ham foydalanishi mumkin.

❗️Bu xizmatdan faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydigan talaba va oʻquvchilar foydalanishlari mumkin.


👉 Kredit miqdori:
🔵1-bosqich talabalari uchun 100% kontrakt toʻlovi;

👉 2-bosqich va undan yuqori bosqichdagi talabalar uchun:
🔵 fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha GPA (grade point average) koʻrsatkichi 3 dan past boʻlganda kontrakt toʻlovining 80% miqdori boʻyicha taʼlim krediti ajratiladi, qolganini talaba oʻzi toʻlaydi;

💰Ta’lim kreditini qaytarish ham ancha oson va erkin. Uni o‘qish muddati tugaganidan so‘ng, yettinchi oydan boshlab, 7 yil davomida qaytarsangiz bo‘ladi. O‘g‘il bolalar uchun foizlar Markaziy bankning asosiy stavkasidan kelib chiqib belgilanadi, qizlarga esa foizsiz kredit ajratiladi.

🧑‍💻GPA koʻrsatkichi 3 va undan yuqori boʻlganda yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganda  kontrakt toʻlovining 100% miqdori boʻyicha taʼlim krediti ajratiladi.
Ta’lim krediti super-kontraktda o‘qiydiganlar, sirtqi, kechki yoki masofaviy ta’lim shaklidagi talabalarga berilmaydi. Shuningdek, xorijdagi Oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlar ham ta’lim kreditini ololmaydi.


Aziz talaba va o‘quvchilar, ushbu imkoniyatdan foydalanib, orzularingiz sari qadam tashlang! Ta’lim krediti – bu kelajak uchun ishonchli va foydali investitsiyadir!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
  • 👍 25
  • 👌 5
  • 💯 5
  • 👏 1
More from @mygovuz
  1. Oct 9, 2026🏆 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun uy-joy subsidiyasi ajratish bo‘yicha tanlov o…
  2. Oct 9, 2026☄️ Xorijda o‘zbek restorani ochmoqchimisiz? Davlat xarajatlaringizning 50 foizini qoplab b…
  3. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  4. Oct 7, 2026❗️ “Eng ijodiy targ‘ibotchi” tanlovi davom etmoqda! 🔔 Xabaringiz bor, ICTWEEK UZBEKISTAN…
  5. Oct 6, 2026☄️ Ofiserlik lavozimlariga arizalar my.gov.uz orqali qabul qilinmoqda! 👨🏼‍🎨 Mudofaa vaz…
  6. Oct 5, 2026💳 Nomingizga yashirin karta ochilmaganiga ishonch hosil qiling! 👤 Afsuski, kimgadir pasp…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →