☄️ Xorijda o‘zbek restorani ochmoqchimisiz? Davlat xarajatlaringizning 50 foizini qoplab beradi!
🌍 Dunyo bo‘ylab o‘zbek milliy taomlariga qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Endi chet elda o‘zbek oshxonasi yoki restoranini tashkil etayotgan (yoki allaqachon ochgan) mahalliy tadbirkorlarimiz bepul va qulay subsidiya olishlari mumkin!
💻 Ushbu xizmat Turizm qo‘mitasi tomonidan my.gov.uz portali orqali bepul ko‘rsatiladi.
💰 Bunda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlar xorijda milliy restoran tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini subsidiya ko‘rinishida qaytarib olishlari mumkin.
❓ Murojaat qilish uchun nimalar kerak?
⏺ Restoranning xorijda ro‘yxatdan o‘tgani va bino huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
⏺Sanitariya va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi;
⏺Amalga oshirilgan xarajatlar va O‘zbekistondan mahsulot yetkazib berish hujjatlari (zaruratga qarab rasmiy tarjimasi bilan);
⏺Restoranning ichki va tashqi fotosuratlari.
👉 Jarayon quyidagicha kechadi:
🗄 my.gov.uz orqali topshirilgan ariza 18 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi;
🗄 Ijobiy qaror qabul qilingach, subsidiya mablag‘i 7 ish kuni ichida bank hisobvarag‘ingizga o‘tkazib beriladi;
🗄 Agar arizada kamchiliklar bo‘lsa, ularni tuzatib, qayta topshirish imkoniyati bor.
❗️ O‘zbek brendi va milliy oshxonasini dunyoga tanitishda yangi imkoniyatdan unumli foydalaning!
👨💻 Arizani hoziroq my.gov.uz orqali yuboring: https://my.gov.uz/uz/service/1531
🌐 my.gov.uz|egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
Post #4061
41K

- 👍 54
- 👏 11
- 🤩 6
- 🔥 5
- 🎉 5