TGViewer
Davlat xizmatlari yangiliklari Davlat xizmatlari yangiliklari @davxizmat · 70.8K subscribers
Post #14966 27K
☄️ Shikastlangan davlat raqamini yangisiga onlayn almashtiring!

🚗 Аvtomobilingizning davlat raqami belgisi (nomer) yaroqsiz holga kelgan yoki shikastlangan bo‘lsa, uni almashtirish uchun "GAI"da navbatlarda turish shart emas. Bu xizmatdan my.gov.uz portali orqali onlayn foydalansa bo‘ladi.

👉 Xizmatdan foydalanish uchun:

⏺ my.gov.uz portaliga kiring.
⏺«Shikast yetgan avtotransport vositasining davlat raqami belgisini tiklash» xizmatini tanlang.
⏺Arizani to‘ldiring va unga shikastlangan davlat raqamining fotosuratini ilova qiling.

📱 Ariza vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilgach, sizga to‘lov uchun invoys yuboriladi.

💰To‘lov amalga oshirilgach, ko‘rsatilgan hududiy bo‘linmaga borasiz va eski raqamni topshirib, yangisini qabul qilib olasiz.

❗️To‘lov bazaviy hisoblash miqdoriga (BHM) asoslangan:
🗄1 juft (oldi va orqa) raqam uchun: 1 980 000 so‘m (4,5 BHM).
🗄1 dona raqam uchun: 990 000 so‘m (2,25 BHM).


Bu muhim!
Ariza yuborishda raqamning holati aks etgan rasm aniq bo‘lishiga e’tibor bering. Bu jarayonni tezlashtiradi va ortiqcha ovoragarchilikning oldini oladi.


👮‍♂️ Vaqtingizni tejang va raqamlarni masofadan turib yangilang!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • ❤ 49
  • 👍 1
  • 🔥 1
More from @davxizmat
  1. Sep 24, 2026📃Advokatlar uchun qulaylik 🔹Xizmat nomi: Advokatlik guvohnomasini berish, almashtirish v…
  2. Sep 23, 2026👮‍♀️ Jarima ballari muammosi onlayn hal bo’ladi 🚗 Avtomobilni ishonchnoma yoki yaqin qar…
  3. Sep 22, 2026❗️Ko‘chmas mulk egalari uchun qulay yechim! 👨‍💻 Кadastr pasportini hech qayerga bormasda…
  4. Sep 21, 2026✅ YATTni ro‘yxatdan o‘tkazish endi my.gov.uz orqali yanada tez va oson! 🗣 Tadbirkorlikni…
  5. Sep 18, 2026#Adliya_xabari 📃Foydali modelga patent berish 🔹Xizmat nomi: Foydali modelga patent olish…
  6. Sep 18, 2026🟡 Ota-onalar diqqatiga: Farzandingizning maktabdagi baholari va davomati haqida bilish en…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →