#muhim_yangilik
#Adliya_xabari
⚔️ "Bir ariza – bir natija" (1-0-1): endi 3 ta hujjatni apostil bilan olish uchun bitta ariza kifoya
📑 Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida "Chet elga taqdim etiladigan hujjatlarni kompozit apostil qilish" xizmati ishga tushirildi.
✅ Endilikda fuqarolar my.gov.uz portali orqali bitta ariza yuborish orqali quyidagi hujjatlarni apostil qo‘yilgan holda rasmiylashtirishi mumkin:
• sudlanmaganlik haqida ma'lumotnoma;
• ruhiy kasalliklar dispanserida ro'yxatda turmaslik haqida ma'lumotnoma;
• narkologiya dispanserida ro'yxatda turmaslik haqida ma'lumotnoma.
💻 Yangi xizmat "Bir ariza – bir natija" (1-0-1) tamoyili asosida ishlaydi. Fuqarodan faqat bitta elektron ariza talab etiladi. Qolgan barcha jarayonlar tegishli davlat organlari o‘rtasidagi elektron axborot almashinuvi orqali, fuqaroning bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladi.
📌 Avval ushbu xizmatdan foydalanish uchun fuqaro:
• Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat qilishi;
• tegishli ma'lumotnomani alohida olishi;
• hujjatga imzo va muhr qo‘ydirishi;
• apostil qo‘yish uchun yana alohida ariza topshirishi;
• apostil natijasini olish uchun qayta murojaat qilishi lozim edi.
✨ Endi esa ushbu 5 bosqichning barchasi bitta ariza orqali amalga oshiriladi. Natijada fuqarolarning vaqti tejaladi, ortiqcha hujjatbozlik va takroriy murojaatlarga ehtiyoj qolmaydi.
🌐 Xizmatdan foydalanish: https://my.gov.uz/uz/service/1486
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Post #14952
42.8K
