TGViewer
Channel Public Channel
Cyber University

Cyber University

@cyberuni_uz

"Cyber University" davlat universitetining rasmiy Telegram sahifasi.
Veb-sayt: csu.uz
Instagram: instagram.com/csu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61577521082631
LinkedIn: www.linkedin.com/company/csu_uz/
Murojaatlar uchun: 558885555
Subscribers
5.41K
Photos
2.7K
Videos
414
Links
1.3K
Recent Posts 15 shown
Post #3603 982

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.

Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области.

Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.

Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения.

Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения.

Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву.

Facebook|Instagram|X
  • 🔥 7
  • 👍 5
  • ❤ 2
  • 🎉 2
Post #3601 1.35K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar:

📌“Hamdo‘stlikning 35 yillik davrida ko‘p narsalar o‘zgardi, ammo eng asosiy masala o‘zgarmasdan qoldi: mamlakatlarni yaqin insoniy munosabatlar, umumiy tarix va hamkorlikning ulkan salohiyati bog‘lab kelmoqda”;

📌“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda. Bunday vaziyatda ishonchni mustahkamlash, pozitsiyalarni tez-tez uyg‘unlashtirib borish va kelishuvlarning real natija berishiga erishish ayniqsa muhimdir”;

📌Davlatlarning umumiy salohiyatidan to‘liq foydalanish va savdo-investitsiya sohasidagi sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi;

📌Tovar ayirboshlashdan qo‘shilgan qiymatning to‘liq zanjirlarini birgalikda yaratishga bosqichma-bosqich o‘tish maqsadga muvofiqligi qayd etildi;

📌Erkin savdo zonasining cheklovlarsiz to‘liq faoliyat yuritishini ta’minlash zarurligiga urg‘u berildi;

📌Texnik to‘siqlarni bartaraf etish, muvofiqlik sertifikatlari o‘zaro tan olinishini ta’minlash va davlat xaridlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi;

📌Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha davlat xaridlari sohasida o‘zaro bozor ochishni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlik dasturi tez fursatlarda kelishib olinishi va tasdiqlanishiga umid bildirildi;

📌Oziq-ovqat va o‘g‘itlar eksportiga cheklovlar kiritishdan oldin o‘zaro xabardor qilish va maslahatlashish mexanizmini joriy etish taklif qilindi;

📌Integratsiyalashgan logistika markazlarini tashkil etish, tranzit xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish, yuk tashish qoidalarini birxillashtirish hamda MDHda yagona transport axborot tizimini shakllantirish maqsadga muvofiqligi qayd etildi;

📌Turkmaniston tomonining 2029-yilni Hamdo‘stlikning transport bog‘liqligi yili deb e’lon qilish haqidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi;

📌Mintaqaning energetik jihatdan bog‘liqligini yaqin o‘n yilliklarda rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli prognoz zarurligi qayd etildi;

📌Kam uglerodli texnologiyalarni jadal joriy etish va yopiq sikldagi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun MDHning resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot sohasida hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish taklif qilindi;

📌Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasi formatini kengaytirish orqali madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjudligi bildirildi;

📌“Madaniy siyosat va kreativ industriyalar” forumini tashkil etish taklif qilindi;

📌Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida Ichki ishlar vazirlari kengashiga MDH Qo‘shma aloqa markazini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishni topshirish taklifi bildirildi.

Facebook|Instagram|X
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #3598 1.52K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 👍 2
  • ❤ 1
  • ⚡ 1
Post #3597 2.82K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 13
  • 🤩 4
  • ❤ 2
  • 🙏 1
Post #3596 1.65K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 8
  • ❤ 5
  • 👍 1
  • 👏 1
Post #3592 1.66K

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

Avazadagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv oʻtkazdi.
—
На полях мероприятий в Авазе Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Премьер-министром Республики Армении Николом Пашиняном.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Armaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • ❤ 2
Post #3590 1.69K
📢 Cyber Universityda munozara tashkil etiladi

Bugun, 8-oktabr kuni soat 16:00 da Cyber University Axborot-resurs markazi (ARM) kutubxonasida talabalar ishtirokida munozara bo‘lib o‘tadi.

Munozara mavzusi tadbir davomida maxsus kartochkalar orqali e’lon qilinadi.

Tadbir talabalarning tanqidiy fikrlash, o‘z nuqtayi nazarini asoslash va erkin fikr almashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

📍 ARM (kutubxona)
⏳ Vaqt: 8-oktabr, 16:00

Barcha talabalarni faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

Website │Telegram │ Instagram │ Facebook │Youtube │Linkedin
  • ❤ 5
Post #3589 1.55K

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на восьмой Консультативной встрече глав государств Центральной Азии и Азербайджана
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Eighth Consultative Meeting of the Heads of State of Central Asia and Azerbaijan

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • 👍 4
  • 🙏 2
  • ❤ 1
Post #3586 1.51K

Forwarded from Digital.uz

💫NASA rahbariyati bilan kosmik sohadagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

🆙Antaliya shahrida o‘tayotgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi (IAC-2026) doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari AQShning NASA rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🗺Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Uzcosmos agentligi direktori Shuhrat Kadirov hamda NASA administratori o‘rinbosari Matt Anderson ishtirok etdi.

💬 Muloqot davomida O‘zbekiston va AQShning kosmik sohadagi bugungi ustuvor yo‘nalishlari, istiqboldagi qo‘shma loyihalar va tashabbuslar, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/229757

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
  • 🔥 5
  • ❤ 2
  • ⚡ 1
Post #3585 1.45K
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida "Avaza" majmuasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi o‘z ishini boshladi. Yig‘ilishdan avval davlatimiz rahbarini Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov kutib oldi.
—
В комплексе «Аваза» с участием Президента Шавката Мирзиёева начала свою работу восьмая Консультативная встреча глав государств Центральной Азии и Азербайджана. Перед началом заседания главу нашего государства приветствовал Президент Туркменистана Сердар Бердымухамедов.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • ❤ 1
Post #3584 1.82K
💠 Huawei ICT Competition 2026–2027: Cyber University talabalari uchun xalqaro tanlov

Huawei kompaniyasi UNESCO IITE bilan hamkorlikda tashkil etayotgan Huawei ICT Competition 2026–2027 xalqaro tanloviga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.


🔺 Tanlov talabalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini xalqaro miqyosda namoyish etish, innovatsion g‘oyalarini ilgari surish hamda tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi.

🏆 Tanlov ikki asosiy yo‘nalishda tashkil etiladi:

➡️ Practice Competition — ishtirokchilarning amaliy IT bilim va ko‘nikmalari maxsus laboratoriya muhitida berilgan texnik topshiriqlar orqali baholanadi.
➡️ Innovation Competition — sun’iy intellekt va Huawei Cloud texnologiyalariga asoslangan, real muammolarga yechim taklif etuvchi innovatsion loyihalar taqdim etiladi. Loyihalar ishlaydigan demo shaklida namoyish qilinishi lozim.

📅 Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati — 2026-yil 31-oktabr.

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish:

Practice Competition
Innovation Competition

⚡️ Tanlov shartlari va ishtirok etish tartibi haqida batafsil ma’lumot Huawei kompaniyasining rasmiy veb-saytida keltirilgan.

Cyber University talabalarini ushbu xalqaro tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

For reading in English
Для чтения на русском

Website │Telegram │ Instagram │ Facebook │Youtube │Linkedin
  • ❤ 6
Post #3583 869

Forwarded from Edu.uz

#e’lon

“Ijtimoiy reyestr”ga kirgan oilalarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba farzandlari uchun yotoqxona xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha ariza yuborish mumkin

Mazkur toifadagi talabalar tomonidan ariza topshirish kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Eslatma, belgilangan tartibga muvofiq, ushbu imtiyozdan faqat davlat oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar foydalanishi mumkin. Bunda, arizalar har oyning 7-sanasiga qadar qabul qilinadi.

TTJ xarajatlari har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 1
Post #3582 1.55K
💠 Amazon Web Services kurslari aileaders.uz platformasida bepul taqdim etilmoqda

Sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari sohasida bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish istagida bo‘lgan yoshlar uchun yangi ta’lim imkoniyatlari yaratilmoqda.

🔺 Amazon Web Services (AWS) bilan hamkorlik doirasida aileaders.uz platformasida sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va axborot xavfsizligi yo‘nalishlariga oid bepul o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi.

💻 Platformada quyidagi kurslardan foydalanish mumkin:
✅ Machine Learning Essentials for Business and Technical Decision Makers;
✅ Planning a Generative AI Project;
✅ Security, Compliance, and Governance for AI Solutions;
✅ Essentials of Prompt Engineering;
✅ Job Roles in the Cloud va boshqa kurslar.

O‘quv dasturlari zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va kasbiy salohiyatni oshirishga qaratilgan.

⚡️ Shuningdek, xalqaro sertifikatlash bilan bog‘liq xarajatlarni it-istedod.uz platformasi orqali belgilangan tartibda 100 foizgacha qoplash imkoniyati mavjud.

Kurslar va ro‘yxatdan o‘tish: aileaders.uz

For reading in English
Для чтения на русском

Website │Telegram │ Instagram │ Facebook │Youtube │Linkedin
  • 🔥 1
Older posts →

About this channel

How can I read @cyberuni_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Cyber University: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Cyber University have?
Cyber University (@cyberuni_uz) has 5.41K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Cyber University know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →