💠 Huawei ICT Competition 2026–2027: Cyber University talabalari uchun xalqaro tanlov
Huawei kompaniyasi UNESCO IITE bilan hamkorlikda tashkil etayotgan Huawei ICT Competition 2026–2027 xalqaro tanloviga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.
🔺 Tanlov talabalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini xalqaro miqyosda namoyish etish, innovatsion g‘oyalarini ilgari surish hamda tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi.
🏆 Tanlov ikki asosiy yo‘nalishda tashkil etiladi:
➡️ Practice Competition — ishtirokchilarning amaliy IT bilim va ko‘nikmalari maxsus laboratoriya muhitida berilgan texnik topshiriqlar orqali baholanadi.
➡️ Innovation Competition — sun’iy intellekt va Huawei Cloud texnologiyalariga asoslangan, real muammolarga yechim taklif etuvchi innovatsion loyihalar taqdim etiladi. Loyihalar ishlaydigan demo shaklida namoyish qilinishi lozim.
📅 Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati — 2026-yil 31-oktabr.
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish:
Practice Competition
Innovation Competition
⚡️ Tanlov shartlari va ishtirok etish tartibi haqida batafsil ma’lumot Huawei kompaniyasining rasmiy veb-saytida keltirilgan.
Cyber University talabalarini ushbu xalqaro tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
For reading in English
Для чтения на русском
Website │Telegram │ Instagram │ Facebook │Youtube │Linkedin
Post #3584
1.82K

- ❤ 6