TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 143K subscribers
Post #42137 61.2K
#Qonunchilik_yangiliklari

Ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlari Davlat byudjetidan qoplab beriladi


Hukumatning 2026-yil 28-yanvardagi 32-son qarori bilan Ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy taʼlim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan quyidagi tartiblar belgilandi:

➖talabalar turar joylarida yashovchi ayrim toifadagi talabalar ro‘yxatini shakllantirish tartibi;

➖talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berishni komissiya tomonidan ko‘rib chiqish tartibi;

➖talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish va qoplab berish tartibi.

Ushbu imtiyozdan “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan farzandlari foydalanishi mumkin. Toʻlovlar talaba grant yoki kontrakt asosida oʻqishidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.

Qarorga koʻra, talabalar TTJga ustuvorlik asosida navbatsiz qabul qilinadi. Agar davlat yotoqxonasi boʻlmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. Toʻlovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.

Talabaning oilasi “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgani:

➡️
davlat oliy ta’lim tashkilotining tegishli axborot tizimi orqali yuborgan elektron so‘roviga asosan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan elektron ma’lumotlar;
➡️ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladigan ma’lumotnoma asosida tasdiqlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 21
  • 👍 5
More from @eduuz
  1. Oct 9, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbe…
  2. Oct 9, 2026#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari…
  3. Oct 9, 2026400 o‘rinli yangi maskan: talabalar uchun yana bir qulaylik Toshkent davlat tibbiyot unive…
  4. Oct 9, 2026Diqqat! Vazir o‘rinbosari nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda Telegram orqali Ta’lim va i…
  5. Oct 9, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisi…
  6. Oct 9, 2026#KelajakTadbirkori_2026 #Andijon “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →