TGViewer
Cyber University Cyber University @cyberuni_uz · 5.41K subscribers
Post #3582 1.55K
💠 Amazon Web Services kurslari aileaders.uz platformasida bepul taqdim etilmoqda

Sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari sohasida bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish istagida bo‘lgan yoshlar uchun yangi ta’lim imkoniyatlari yaratilmoqda.

🔺 Amazon Web Services (AWS) bilan hamkorlik doirasida aileaders.uz platformasida sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va axborot xavfsizligi yo‘nalishlariga oid bepul o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi.

💻 Platformada quyidagi kurslardan foydalanish mumkin:
✅ Machine Learning Essentials for Business and Technical Decision Makers;
✅ Planning a Generative AI Project;
✅ Security, Compliance, and Governance for AI Solutions;
✅ Essentials of Prompt Engineering;
✅ Job Roles in the Cloud va boshqa kurslar.

O‘quv dasturlari zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va kasbiy salohiyatni oshirishga qaratilgan.

⚡️ Shuningdek, xalqaro sertifikatlash bilan bog‘liq xarajatlarni it-istedod.uz platformasi orqali belgilangan tartibda 100 foizgacha qoplash imkoniyati mavjud.

Kurslar va ro‘yxatdan o‘tish: aileaders.uz

For reading in English
Для чтения на русском

Website │Telegram │ Instagram │ Facebook │Youtube │Linkedin
  • 🔥 1
More from @cyberuni_uz
  1. Oct 9, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbe…
  2. Oct 9, 2026Post #3602
  3. Oct 9, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisid…
  4. Oct 9, 2026Post #3598
  5. Oct 8, 2026Post #3597
  6. Oct 8, 2026Post #3596
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →