#Xavfsiz_mahalla
Milliy kinologiya markazi direktori F.Qaxxorov Sergeli tumanidagi “Daryo bo‘yi” va “Eski Jaloyir” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
Bugungi kunda “Daryo bo‘yi” mahallasida yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va ko‘chatlarni sug‘orish uchun suv ta’minotini yaxshilash maqsadida quduq burg‘ilash va sug‘orish tarmog‘ini barpo etish ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda quduqqa quvurlar o‘rnatilib, mahallaning turli qismlariga suv yetkazish uchun yer osti quvurlari yotqizilmoqda. Keyingi bosqichda nasos uskunalarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Mas'ullar bajarilayotgan ishlar, xususan, quvurlarni yotqizish sifatini ko‘zdan kechirishdi. Mas’ullarga ishlarni jadallashtirish, belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash hamda sug‘orish tizimining samarali ishlashini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
“Eski Jaloyir” mahallasida esa asosiy e’tibor jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalariga qaratildi. Qayd etilgan jinoyatlar sababli mahallaning “yashil” toifadan “sariq” toifaga o‘tganligi munosabati bilan mavjud vaziyat joyida o‘rganildi.
Mahalla mas’ullari va profilaktika inspektorlari bilan suhbatda sodir etilgan jinoyatlarning sabablari hamda ularga imkon yaratgan sharoitlar muhokama qilindi. Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash va mas’ullar hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Post #74987
2.04K






