TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #75017 2.04K
Bojxona qo‘mitasi va "Soliq va bojxona xabarlari" gazetasi o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi

Bojxona qo‘mitasida "Soliq va bojxona xabarlari" gazetasi Bosh muharriri Mirzohid Komilov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati rahbari H.Tangriyev, Tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i A.Ismailov hamda Ilmiy markaz rahbari Z.Mahkamov ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda bojxona sohasiga ixtisoslashgan yagona nashr — "Soliq va bojxona xabarlari" gazetasi bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, bojxona tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar va dolzarb masalalarni keng yoritish bo‘yicha fikr almashildi.

Xususan, Bojxona qo‘mitasi va gazeta tahririyati o‘rtasida Hamkorlik memorandumini imzolash, uning doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni qamrab olgan "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, gazetada bojxona sohasiga oid tahliliy, ilmiy-ommabop va axborot materiallariga kengroq o‘rin ajratish, bojxona tizimida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, raqamlashtirish va boshqa dolzarb yo‘nalishlardagi materiallarni tayyorlash hamda ularni keng jamoatchilikka yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar hamkorlikda tayyorlangan materiallarni nafaqat gazeta sahifalarida, balki ijtimoiy tarmoqlarda ham keng targ‘ib qilish, auditoriya qamrovini oshirish va bojxona sohasidagi yangiliklar haqida jamoatchilikni tezkor hamda sifatli xabardor qilish bo‘yicha ham fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish va amaliy chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga kelishib olindi.
More from @customschannel
  1. Oct 7, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga…
  2. Oct 7, 2026O‘zbekiston bojxonasi Jahon bojxona tashkiloti Yevropa mintaqasi maslahatlashuvida ishtiro…
  3. Oct 7, 2026#tezkor Cho‘ntakdamas, paypoqda! Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chega…
  4. Oct 7, 2026Hurmatli jurnalistlar va blogerlar! Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari! Sizni…
  5. Oct 7, 2026#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tadbirkorlarn…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →