#tezkor
Cho‘ntakdamas, paypoqda!
Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijiy valyutani yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh etildi.
O‘zbekistondan qo‘shni davlatga o‘tish uchun postga kirib kelgan fuqaro go‘yoki “yashil” yo‘lak orqali harakatlandi. Ammo bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatilib, shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida uning qing'ir rejasi fosh bo‘ldi.
Shaxsiy ko‘rik jarayonida fuqaroning paypog‘i ichida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 64 ming AQSH dollari borligi aniqlandi. Qizig‘i shundaki, fuqaro qonunchilikda belgilangan tartibni bilib turib, mazkur mablag‘larni yashirincha olib chiqishga uringan.
Ushbu valyuta mablag‘lari vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Post #75021
1.81K


