TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #75011 1.99K
#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tadbirkorlarning muammolarini joyida o‘rganishga qaratilgan ochiq muloqotlar davom etmoqda


Navbatdagi uchrashuv G‘ijduvon tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma boshlig‘i B.Muratov tadbirkorlarning bojxona sohasiga oid murojaatlari, taklif va muammolarini tinglab, ularni hal etish yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.

Muloqot davomida “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” MCHJ vakillari eksport yuklarining “Xavfni boshqarish tizimi” orqali ayrim hollarda qo‘shimcha nazorat yo‘laklariga yo‘naltirilishi natijasida rasmiylashtiruv jarayoni biroz vaqt olayotganini ma’lum qildilar. Mutaxassislar tizim to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, inson omilisiz ishlashini tushuntirib, korxonaga bojxona tartib-taomillaridan yanada qulay foydalanish uchun “Vakolatli iqtisodiy operator” (VIO) maqomini olish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF–174-son Farmoni bilan joriy etilgan yangi imtiyoz va yengilliklar, xususan, halol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish hamda VIO maqomining afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, VIO maqomiga ega korxonalar bojxona rasmiylashtiruvini ustuvor tartibda amalga oshirish, yuklarni minimal nazoratdan o‘tkazish hamda bojxona to‘lovlarini qulay shartlarda to‘lash imkoniyatlariga ega bo‘ladi.

Tadbir davomida “G‘ijduvon mashhurasi” MCHJ faoliyati misolida bojxona imtiyozlarining amaliy natijalari ham ko‘rsatib o‘tildi. Mazkur korxona tomonidan so‘nggi davrda 2,1 million AQSH dollari qiymatidagi xomashyo “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimiga rasmiylashtirilib, tayyor mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda korxona tomonidan VIO maqomini olish bo‘yicha ariza topshirilgan.


Mutaxassislar fikricha, bojxona va tadbirkorlar o‘rtasidagi bunday ochiq muloqotlar eksport salohiyatini oshirish, biznes uchun yanada qulay sharoitlar yaratish hamda hudud iqtisodiy rivojiga xizmat qilmoqda.
More from @customschannel
  1. Oct 7, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga…
  2. Oct 7, 2026O‘zbekiston bojxonasi Jahon bojxona tashkiloti Yevropa mintaqasi maslahatlashuvida ishtiro…
  3. Oct 7, 2026#tezkor Cho‘ntakdamas, paypoqda! Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chega…
  4. Oct 7, 2026Bojxona qo‘mitasi va "Soliq va bojxona xabarlari" gazetasi o‘rtasida hamkorlik kengaytiril…
  5. Oct 7, 2026Hurmatli jurnalistlar va blogerlar! Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari! Sizni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →