TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #74976 2.62K
#tezkor

110 tonnaga yaqin guruchning noqonuniy eksport qilinishiga chek qo‘yildi


Bojxona organlari tomonidan mamlakatimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini noqonuniy ravishda chetga olib chiqishga qaratilgan urinishlarga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Xususan, Bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar va Toshkent viloyati bojxona boshqarmalari tezkor tuzilmalari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida qiymati qariyb 1,9 mlrd so‘mlik 110 tonnaga yaqin guruchning noqonuniy eksport qilinishiga chek qo‘yildi.

Dastlab, joriy yilning 21–22-sentyabr kunlari “Yallama” chegara bojxona posti orqali xorijga chiqib ketayotgan 8 ta yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, tirkamalarga ortilgan quruq mevalar orasida hujjatlarda umuman qayd etilmagan 45 tonna 275 kilogramm “devzira”, “lazer” va “alanga” navli guruch borligi aniqlandi. Mazkur tovar-moddiy boyliklarning qiymati qariyb 680 mln so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek, 21-sentyabr kuni “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona postida ham quruq mevalar yuklangan vagonlar tekshirilganda, 64,4 tonna guruchni yashirincha eksport qilishga urinish fosh etildi.

Tekshiruvlar davomida yana 4,5 tonna gilvata, qariyb 6,5 tonna olxo‘ri qoqisi hamda 500 kilogramm holva tovarlari ham hujjatlarda ko‘rsatilmagani maʼlum bo‘ldi. Ushbu tovarlarning umumiy qiymati 1,4 mlrd so‘mdan ziyod ekani aniqlandi.

Tekshiruvlar jarayonida har ikki holatda ham xorijga noqonuniy ravishda olib chiqilmoqchi bo‘lgan guruch Farg‘ona viloyatidagi tadbirkorlik subyektlaridan biriga tegishli ekani maʼlum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida bojxona organlari tomonidan aniqlangan 30 ta holatda qiymati 5,5 mlrd so‘mlik 405 tonna guruchning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishi va yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan.
More from @customschannel
  1. Oct 7, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga…
  2. Oct 7, 2026O‘zbekiston bojxonasi Jahon bojxona tashkiloti Yevropa mintaqasi maslahatlashuvida ishtiro…
  3. Oct 7, 2026#tezkor Cho‘ntakdamas, paypoqda! Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chega…
  4. Oct 7, 2026Bojxona qo‘mitasi va "Soliq va bojxona xabarlari" gazetasi o‘rtasida hamkorlik kengaytiril…
  5. Oct 7, 2026Hurmatli jurnalistlar va blogerlar! Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari! Sizni…
  6. Oct 7, 2026#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tadbirkorlarn…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →