#INVESTORLARGA_KOʻMAK
Investitsiya loyihalaridagi muammolar joyida o‘rganilmoqda
Bojxona qo‘mitasining Tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona qoʻmitasiga biriktirilgan Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi “qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Xitoyning “China Everbright International Limited” hamda “China CAMC Engineering” kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar doirasida ajratilgan yerlarda tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi mavjud emasligi, shuningdek, belgilangan tartibda infratuzilma uchun zarur mablag‘larni ajratish kabi masalalar mavjudligi o‘rganildi.
O‘rganish yakuni bo‘yicha mazkur yo‘nalishdagi ishlarni hal etishga ko‘maklashish maqsadida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, "Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi"ga hamda mas’ul vazirlik va idoralarga kiritildi.
Post #74456
2.35K







