TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74471 2.39K
#xavfsiz_mahalla

“Daryo bo‘yi” mahallasida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari nazorat qilindi

Bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari O.Ibragimov hamda “Daryo bo‘yi” MFYga biriktirilgan mas’ul xodimlar tomonidan mahalla hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Xususan, Nilufar ko‘chasi, 3- va 4-tor ko‘chalarida joylashgan ko‘p qavatli uylar, shuningdek, mahalla binosi atrofidagi hududlarda olib borilayotgan ishlarning bugungi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida hududlarda tik quduqlarni qazish ishlari, ularning bajarilish holati va belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan joyida muloqot qilinib, mavjud masalalarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish, ishlarni belgilangan talablar asosida tashkil qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratilib, aniqlangan masalalarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Ayni paytda hududdagi ishlar doimiy nazoratga olingan bo‘lib, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan tadbirlar belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.
More from @customschannel
  1. Sep 28, 2026#Tahlilnoma | 27.08.2026 Andijonda eng katta chegara posti - «Keskanyor» ochiladi! mtrk.uz…
  2. Sep 28, 2026#Maxsus_reportaj | 27.09.2026 O'zbekiston -Xitoy: bojxona sohasidagi hamkorlikning yangi b…
  3. Sep 28, 2026#donolar_bisotidan #kun_hikmati Donolar bisotidan Haqqoniyat deb ishda to‘g‘rilik, so‘zda…
  4. Sep 27, 2026Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik — Поздравление членам сборной…
  5. Sep 27, 2026O‘zbekiston turizm sohasi xodimlariga tabrik — Поздравление работникам сферы туризма Узбек…
  6. Sep 27, 2026#xavfsiz_mahalla Sergeli tumanida xavfsiz mahalla dasturi doirasida tungi xizmatni tashkil…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →