TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74468 2.09K
Bojxona qo‘mitasi Raisi shu kunning o‘zida “Sirdaryo” chegara bojxona postida ham bo‘ldi.

Ushbu post orqali sentyabr oyining o‘zida 9.2 mingdan ziyod yuk avtotransport vositalari harakatlangan. Yaʼni, postdan har 4 daqiqada 1 ta yuk mashinasi o‘tmoqda. O‘tgan yilga nisbatan joriy yilda postda avtotransport vositalari harakati 10 foizga oshgan.

Qo‘mita raisi postdan turib, Qozog‘iston bojxona xizmati rahbariyati bilan telefon orqali bog‘landi va tomonlar mavjud vaziyatni o‘zaro muhokama qilishdi.

Tahlillarga ko‘ra, Sirdaryo viloyatidagi “Malik” (O‘R) - “Sirdaryo” (QR) hamda “Oq oltin” (O‘R) – “Selinniy” (QR) chegara bojxona postlarini xalqaro maqomga o‘tkazish va kechayu kunduz faoliyatini yo‘lga qo‘yish “Yallama” va “Sirdaryo” chegara bojxona postlariga tushayotgan yuklamani 30 foizgacha kamaytirish imkonini beradi.

Qolaversa, joriy yilning 4-choragida “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti foydalanishga topshirilgach, “Navoiy” chegara bojxona posti orqali ham yuk mashinalarining harakatlanishi start oladi.

Pirovardida bularning barchasi “Yallama” chegara bojxona postiga tutash hududda tez-tez kuzatilayotgan navbatlarning to‘liq bartaraf bo‘lishiga olib keladi.
More from @customschannel
  1. Sep 26, 2026⚡️ Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining minbaridagi Saida Mirziyoyevaning nutqi xalqaro ha…
  2. Sep 26, 2026Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov “Yallama” va “Sirdaryo” chegara bojxona postlarida bo‘l…
  3. Sep 26, 2026#INVESTORLARGA_KOʻMAK Investitsiya loyihalaridagi muammolar joyida o‘rganilmoqda Bojxona q…
  4. Sep 26, 202609:00 26.09.2026 “EKSPORT UCH QADAMDA” TIZIMI SAMARA BERMOQDA #Farg‘ona muxbir: Islom Nish…
  5. Sep 26, 2026#Maxsus_reportaj | 26.09.2026 O'zbekiston - Xitoy: Bojxona sohasidagi hamkorlikning yangi…
  6. Sep 26, 2026#Xavfsiz_mahalla Sergeli tumani “Eshonbuloq” MFYda fuqarolarning murojaatlarini joyida oʻr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →