TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74447 2.1K
#Xavfsiz_mahalla

Sergeli tumani “Eshonbuloq” MFYda fuqarolarning murojaatlarini joyida oʻrganish va mavjud muammolarga amaliy yechim topish maqsadida sayyor uchrashuv oʻtkazildi


Unda Bojxona qoʻmitasi Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boshqarmasi boshligʻi A.Axlimirzayev, “Toshkent AERO” IBK boshligʻining birinchi oʻrinbosari Sh.Hamidov, mahalla faollari, tadbirkorlar va profilaktik eʼtibor talab qiladigan fuqarolar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida fuqarolarning ishga joylashish, umumiy ovqatlanish shoxobchasida spirtli ichimliklar savdosini taʼqiqlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bolalar maydonchasini obodonlashtirish va taʼmirlash, shuningdek, boshqa ijtimoiy-maishiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Koʻtarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganishni talab qilgan murojaatlar tegishli masʼullarga biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Bundan tashqari, uchrashuv doirasida ijtimoiy koʻmakka muhtoj boʻlgan 3 nafar oila vakillariga Bojxona qoʻmitasi rahbariyati nomidan moddiy koʻmak topshirildi.

Shuningdek, masʼullar mahalla hududiga chiqqan holda hududdagi ijtimoiy-maishiy holat, mavjud muammolar hamda aholi uchun dolzarb masalalarni oʻrganishdi.
More from @customschannel
  1. Sep 26, 2026Bojxona qo‘mitasi Raisi shu kunning o‘zida “Sirdaryo” chegara bojxona postida ham bo‘ldi.…
  2. Sep 26, 2026Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov “Yallama” va “Sirdaryo” chegara bojxona postlarida bo‘l…
  3. Sep 26, 2026#INVESTORLARGA_KOʻMAK Investitsiya loyihalaridagi muammolar joyida o‘rganilmoqda Bojxona q…
  4. Sep 26, 202609:00 26.09.2026 “EKSPORT UCH QADAMDA” TIZIMI SAMARA BERMOQDA #Farg‘ona muxbir: Islom Nish…
  5. Sep 26, 2026#Maxsus_reportaj | 26.09.2026 O'zbekiston - Xitoy: Bojxona sohasidagi hamkorlikning yangi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →