🏆 CAU tibbiyot yo‘nalishidagi ilmiy nashrlar samaradorligi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi
Central Asian University 2025-yilgi Scopus ma’lumotlari asosida ilmiy nashriy faollik va xalqaro iqtiboslik darajasi bo‘yicha O‘zbekiston milliy reytingining “Tibbiyot” yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining tahliliy sharhiga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda baholangan 9 ta oliy ta’lim muassasasi orasida CAU 15,22 indeks bilan eng yuqori natijani — 5,00 ballni qayd etdi.
🔬 Asosiy ilmiy ko‘rsatkichlar:
Scopus bazasida indekslangan 207 ta ilmiy maqola
Q1 jurnallarida 73 ta maqola — ushbu yo‘nalishdagi eng yuqori ko‘rsatkich
Iqtiboslik darajasi bo‘yicha eng nufuzli Top-10% talikka kirgan 29 ta maqola
Iqtiboslik darajasi bo‘yicha eng yuqori Top-1% talikdagi 3 ta maqola — tibbiyot oliygohlari orasidagi eng yaxshi natija
Ushbu natijalar CAU ilmiy salohiyatini nafaqat nashrlar soni, balki jurnallar sifati, iqtiboslar ta’siri hamda professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan ilmiy mahsuldorlik bo‘yicha ham yaqqol namoyon etadi.
💙 Universitetimizning ilmiy nufuzi va akademik obro‘yini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan tadqiqotchilarimiz hamda professor-o‘qituvchilarimizni chin dildan muborakbod etamiz!
🔗 To‘liq natijalar va baholash metodologiyasi bilan veb-saytimizda tanishishingiz mumkin.
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
Post #3483
204

- 🔥 1