TGViewer
🇺🇿Central Asian University 🇺🇿Central Asian University @cauofficialuz · 840 subscribers
Post #3472 169
🇹🇷🤝🇺🇿 Parodontologik jarrohlik va implantologiya bo‘yicha boy tajribasi bilan CAU Stomatologiya Maktabi nufuzini oshirib kelayotgan doktor Asena Aksoyni tanishtirishdan mamnunmiz!

Asli turkiyalik bo‘lgan doktor Asena Aksoy Istanbuldagi Biruni Universityʼda bakalavriatni, so‘ngra Germaniyadagi Münster universitetida og‘iz bo‘shlig‘i implantologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.

Uning kasbiy faoliyati Turkiya va Germaniyani qamrab olgan bo‘lib, Germaniyaning yetakchi shifoxonalaridan biri hisoblangan Kliniken Essen-Mittedagi klinik amaliyotni ham o‘z ichiga oladi.

Doktor Aksoy CAUʼda parodontologik jarrohlik va implantologiya fanlaridan dars berish barobarida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari hamda loyihalariga rahbarlik qilib kelmoqda.

U nazariy bilimlarni klinik mashg‘ulotlar va simulyatsiyalar bilan uyg‘unlashtirgan holda dars beradi. Bu esa talabalarga o‘z ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich oshirish, murakkab holatlarni tashxislash, to‘g‘ri davolash rejasini tuzish va bemorlarga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga tayyorlanish imkonini yaratadi.

💙 Doktor Aksoy uchun zamonaviy kampus, qizg‘in muhit va eng muhimi — CAU talabalarining intiluvchanligi pedagogik faoliyatni maroqli jarayonga aylantirib, unga har kuni cheksiz ilhom bag‘ishlaydi.

🇬🇧 For reading in English
_____________________________________

💬Telegram 📱Instagram

📱Facebook 📹Youtube

📞 71-200-05-22, 71-208-12-34

💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
More from @cauofficialuz
  1. Oct 14, 2026🏆 CAU tibbiyot yo‘nalishidagi ilmiy nashrlar samaradorligi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi Ce…
  2. Oct 14, 2026🌸 EMPOWER yakuniy konferensiyasi: Ayol qudrati — bizning kelajagimiz 12-oktyabr kuni Cent…
  3. Oct 13, 2026🤝 CAU talabalari va Tashkent Design Week o‘rtasida hamkorlik sari Central Asian Universit…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →