🌸 EMPOWER yakuniy konferensiyasi: Ayol qudrati — bizning kelajagimiz
12-oktyabr kuni Central Asian Universityʼda Yevropa Ittifoqi hamkorligida moliyalashtirilgan hamda Erasmus+ dasturi doirasida tashkil etilgan “Xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasining yakuniy tadbiri — EMPOWER xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyani CAUʼning innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha prorektori Shirin Yunusova kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘ng universitetdagi EMPOWER loyihasi koordinatori Janar Abuova taqdimot o‘tkazib, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida qisqacha ma’lumot berdi.
Asosiy ma’ruzachilar — Christina Armutlieva, Gerard Cullen, Alena Naumann, Val Racheeva, Dr. Sougand Akbarian hamda Jamshid Ali gender tengligi, ayollar tadbirkorligi, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishda tilning o‘rni hamda muhandislik sohasidagi ayollar mavzularida so‘z yuritdilar.
Dastur parallel sho‘balar bilan davom etdi. Unda CAU va hamkor tashkilotlar vakillari quyidagi olti yo‘nalish bo‘yicha o‘z ishlarini taqdim etdilar:
- Ayollar tadbirkorligi va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish
- Raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt va biznes
- Yetakchilik, martaba va davlat siyosati
- Ta’lim va gender
- Gender me’yorlari va jamiyat
- Salomatlik, farovonlik va tibbiyot sohasidagi ayollar
💜 EMPOWER yakuniy konferensiyasida faol ishtirok etgan barcha hamkorlarimiz, ma’ruzachilarimiz va qatnashchilarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz!
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
Post #3473
155










- ❤ 1
- 👍 1