🌱 CAU UI GreenMetric World University Rankings 2026 reytingida TOP-1000 talikka kirdi!
🎉 CAU uchun yana bir muhim natija!
Central Asian University (CAU) UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida 833-o‘rinni egalladi. Bu o‘tgan yilgi natijaga nisbatan 203 pog‘onaga yuqorilash demakdir.
🌍 Bu yilgi reytingda 110 mamlakatdan 2 016 ta oliy ta’lim muassasasi ishtirok etdi. 2026-yilgi reyting “Boshqaruv, raqamlashtirish va kompleks samaradorlik orqali barqaror kampuslarni rivojlantirish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, barqaror universitet muhitini yaratishda samarali boshqaruv, raqamli yechimlar va kompleks yondashuvlarning ahamiyatini ta’kidlaydi.
CAUʼning ushbu natijasi universitetning ekologik barqarorlik, energiya samaradorligi, chiqindilarni boshqarish, yashil transport, ekologik ta’lim va barqaror kampusni rivojlantirish yo‘nalishlaridagi izchil faoliyatini aks ettiradi.
📊 CAU eng yuqori natijalarni quyidagi yo‘nalishlarda qayd etdi:
🌱 Energiya va iqlim o‘zgarishi — 1 325 ball
🚎 Transport — 1 237,5 ball
🎓 Ta’lim — 925 ball
Ushbu natija CAUʼning ekologik mas’uliyatli, zamonaviy va barqaror universitet muhitini shakllantirish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlarini yana bir bor namoyon etadi.
💙🌱 Central Asian University — yanada yashil va barqaror kelajak sari!
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
Post #3420
232

- ❤ 2
- 👍 2
- 👏 1