TGViewer
🇺🇿Central Asian University 🇺🇿Central Asian University @cauofficialuz · 849 subscribers
Post #3450 142
🇪🇬🤝🇺🇿 Central Asian University jamoasi Dr. Ali Morsyni universitetimizning Innovatsiyalar va startaplar bo‘yicha muhandislik fakulteti dekan o‘rinbosari sifatida mamnuniyat bilan tanishtiradi.

Misrlik mutaxassis Dr. Ali Morsy masofadan kuzatish, geografik axborot tizimlari (GIS) hamda ularning ekologiya va atrof-muhit fanlaridagi qo‘llanilishi bo‘yicha 15 yildan ortiq ilmiy va amaliy tajribaga ega. Shuningdek, uning professional faoliyati mashinaviy o‘qitish, chuqur o‘qitish va sun’iy intellekt texnologiyalarining muhandislik hamda ekologik yo‘nalishlarda qo‘llanilishini ham qamrab oladi.

CAUʼda Dr. Morsy tadbirkorlik, startaplar hamda ilmiy tadqiqot va laboratoriya g‘oyalarini bozorga tayyor mahsulot va xizmatlarga aylantirishga yo‘naltirilgan fanlardan dars beradi.

Uning ta’lim yondashuvi amaliyotga asoslangan bo‘lib, talabalarni bilimlarini real loyihalarda qo‘llash, mustaqil fikrlash va o‘z g‘oyalarini amaliy natijaga aylantirishga undaydi.

Muhandislik Maktabida Dr. Morsy talabalar bilan birgalikda g‘oyalarni barqaror biznes modeliga aylantirish ustida ishlaydi. Bunda ular:

🔹 Business Model Canvas modelini ishlab chiqadi;
🔹 bozor va raqobatchilarni tahlil qiladi;
🔹 maqsadli mijoz segmentlarini aniqlaydi;
🔹 bozor imkoniyatlarini o‘rganadi;
🔹 mahsulot yoki xizmatning tijoriy salohiyatini baholaydi.

💙 Dr. Morsyning asosiy maqsadi — talabalarni innovatsion g‘oyalarni amaliy, barqaror va bozor talablariga javob beradigan biznes loyihalarga aylantirishga yo‘naltirish.

🇬🇧 For reading in English
_____________________________________

💬Telegram 📱Instagram

📱Facebook 📹Youtube

📞 71-200-05-22, 71-208-12-34

💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
More from @cauofficialuz
  1. Oct 6, 2026✨ “MARTABALI MEHMONLAR” UCHRASHUVLAR TURKUMI | 1-SON Bugun Mehmonxona boshqaruvi va Turizm…
  2. Oct 6, 2026🎓 Biznes Maktabida mehmon ma’ruzachilar turkumi: 1-sessiyasi Bugun CAU Biznes Maktabida t…
  3. Oct 3, 2026🏐 Kurash davom etadi, CAU! Bu safar biz kutgan natija bo‘lmadi. Ammo kurash hali yakunlan…
  4. Oct 2, 2026🇦🇿🤝🇺🇿 Central Asian University Biznes Maktabi moliya sohasi mutaxassisi va xalqaro da…
  5. Oct 2, 2026🎓 Alumni Story: Rustam Anvarov 2019-yilda Rustam Anvarov Central Asian Universityʼga biri…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →