TGViewer
🇺🇿Central Asian University 🇺🇿Central Asian University @cauofficialuz · 850 subscribers
Post #3432 292
🇦🇿🤝🇺🇿 Central Asian University Biznes Maktabi moliya sohasi mutaxassisi va xalqaro darajadagi o‘qituvchi Elvin Allazovni kutib olish sharafiga musharraf boʻldi.

Asli Ozarbayjonlik bo‘lgan Elvin Allazov CAUʼda moliya asoslari va korporativ moliya fanlaridan dars beradi.

Akademik sohaga kirib kelishidan oldin Elvin o‘zining kasbiy faoliyatini korporativ moliya va investitsiyalar sohasida qurgan, xususiy kapital va ko‘chmas mulkni moliyalashtirish sohasida ishlagan hamda Ozarbayjon, Germaniya va Buyuk Britaniyadagi milliy va xalqaro loyihalarga o‘z hissasini qo‘shgan. Shuningdek, u o‘zining akademik darajalarini Germaniyada olgan hamda Ozarbayjon, Quvayt va Germaniyadagi ta’lim muassasalarida moliya, tadbirkorlik va biznesga oid fanlardan dars bergan.

CAUʼda Elvin moliyaviy ta’limga amaliy yondashib, darslarga real biznes va investitsiya misollarini tatbiq etadi. Case-studyʼlar, munozaralar va amaliy misollar orqali u talabalarni tushunchalarni shunchaki yodlash bilan cheklanib qolmasdan, moliya mutaxassislari kabi fikrlash va ishlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirishga undaydi.

💙 Elvin uchun CAUʼdagi o‘qituvchilik faoliyatining eng qadrli jihatlaridan biri bu talabalarning g‘ayrati — ularning qiziquvchanligi, faol ishtiroki hamda o‘z g‘oya va tajribalarini baham ko‘rishga tayyorligidir.

🇬🇧 For reading in English
_____________________________________

💬Telegram 📱Instagram

📱Facebook 📹Youtube

📞 71-200-05-22, 71-208-12-34

💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
  • 👍 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
More from @cauofficialuz
  1. Oct 7, 2026🇪🇬🤝🇺🇿 Central Asian University jamoasi Dr. Ali Morsyni universitetimizning Innovatsiy…
  2. Oct 6, 2026✨ “MARTABALI MEHMONLAR” UCHRASHUVLAR TURKUMI | 1-SON Bugun Mehmonxona boshqaruvi va Turizm…
  3. Oct 6, 2026🎓 Biznes Maktabida mehmon ma’ruzachilar turkumi: 1-sessiyasi Bugun CAU Biznes Maktabida t…
  4. Oct 3, 2026🏐 Kurash davom etadi, CAU! Bu safar biz kutgan natija bo‘lmadi. Ammo kurash hali yakunlan…
  5. Oct 2, 2026🎓 Alumni Story: Rustam Anvarov 2019-yilda Rustam Anvarov Central Asian Universityʼga biri…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →