TGViewer
🇺🇿Central Asian University 🇺🇿Central Asian University @cauofficialuz · 850 subscribers
Post #3439 187
🎓 Biznes Maktabida mehmon ma’ruzachilar turkumi: 1-sessiyasi

Bugun CAU Biznes Maktabida taklif etilgan maʼruzachilar ishtirokidagi uchrashuvlar turkumining ilk sessiyasi — “AQSHda startap boshlash” mavzusida bo‘lib o‘tdi 🇺🇸

Detroit Economic Growth Corporation (DEGC) katta menejeri Medvis Brinkman Jeksonni (Medvis Brinkman Jackson Jr.) mehmon qilish biz uchun katta sharaf bo‘ldi.

Sessiya davomida talabalarimiz AQSHning startap ekotizimi bo‘yicha qimmatli bilimlarga ega bo‘ldilar, jumladan:

🔹 Biznes g‘oyani startapga aylantirish
🔹 To‘g‘ri biznes modelini tanlash
🔹 AQSH tadbirkorlik ekotizimining ishlash tamoyillari
🔹 Kerakli resurslar va ko‘makni topish
🔹 Biznesni yo‘lga qo‘yishdan oldin e’tibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy jihatlar

Ushbu uchrashuv talabalarimizga tadbirkorlikka oid amaliy ko‘nikmalarni berish bilan birga, g‘oyalarni qanday qilib real biznes imkoniyatlariga aylantirish mumkinligini yaqqol ko‘rsatib berdi. 🚀

CAU talabalarini jahon darajasidagi soha mutaxassislari hamda yangi istiqbollar bilan bog‘lashga qaratilgan ushbu loyiha muvaffaqiyatli start oldi.

CAU Biznes Maktabining taklif etilgan maʼruzachilar turkumi doirasidagi keyingi ilhomlantiruvchi sessiyalarni kuzatib boring! 💙

🇬🇧 For reading in English
_____________________________________

💬Telegram 📱Instagram

📱Facebook 📹Youtube

📞 71-200-05-22, 71-208-12-34

💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
  • ❤ 1
  • 👏 1
More from @cauofficialuz
  1. Oct 7, 2026🇪🇬🤝🇺🇿 Central Asian University jamoasi Dr. Ali Morsyni universitetimizning Innovatsiy…
  2. Oct 6, 2026✨ “MARTABALI MEHMONLAR” UCHRASHUVLAR TURKUMI | 1-SON Bugun Mehmonxona boshqaruvi va Turizm…
  3. Oct 3, 2026🏐 Kurash davom etadi, CAU! Bu safar biz kutgan natija bo‘lmadi. Ammo kurash hali yakunlan…
  4. Oct 2, 2026🇦🇿🤝🇺🇿 Central Asian University Biznes Maktabi moliya sohasi mutaxassisi va xalqaro da…
  5. Oct 2, 2026🎓 Alumni Story: Rustam Anvarov 2019-yilda Rustam Anvarov Central Asian Universityʼga biri…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →