TGViewer
🇺🇿Central Asian University 🇺🇿Central Asian University @cauofficialuz · 847 subscribers
Post #3451 127
🎓 CAU Biznes Maktabi o‘qituvchilari IFRS va ACCA bo‘yicha dars berish malakasini oshirmoqda

6-oktyabr kuni Central Asian University “Buxgalteriya hisobi va moliya” kafedrasi mudiri Khikmatulla Fayzullaev Samarqand shahridagi Mövenpick Hotel mehmonxonasida ACCA konferensiyasi doirasida tashkil etilgan “IFRS va ACCA metodologiyasini o‘zlashtirish” mavzusidagi metodik seminarda ishtirok etdi.

Ushbu seminarda talabalarni ACCA imtihonlariga, xususan, “Moliyaviy hisobot” (Financial Reporting) hamda “Audit va ishonch bildirish xizmatlari” (Audit & Assurance) yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlashning samarali o‘qitish usullari va strategiyalariga asosiy e’tibor qaratildi.

Mazkur seminarda qatnashish CAU Biznes Maktabining ACCA Platinum maqomiga ega rasmiy ta’lim hamkori bo‘lmish “TYMBA Education Group” bilan aloqalarini yanada mustahkamlab, buxgalteriya hisobi bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va talabalarni xalqaro professional malaka imtihonlariga tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirdi.

💙 CAU Biznes maktabida biz akademik ta’limni xalqaro kasbiy standartlar bilan uyg‘unlashtirish maqsadida o‘qitish amaliyotimizni doimiy ravishda rivojlantirib boramiz.

🇬🇧 For reading in English
_____________________________________

💬Telegram 📱Instagram

📱Facebook 📹Youtube

📞 71-200-05-22, 71-208-12-34

💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
More from @cauofficialuz
  1. Oct 9, 2026🇬🇧🤝🇺🇿 Central Asian University sanoat muhandisligi bo‘yicha xalqaro ekspert, professo…
  2. Oct 7, 2026🇪🇬🤝🇺🇿 Central Asian University jamoasi Dr. Ali Morsyni universitetimizning Innovatsiy…
  3. Oct 6, 2026✨ “MARTABALI MEHMONLAR” UCHRASHUVLAR TURKUMI | 1-SON Bugun Mehmonxona boshqaruvi va Turizm…
  4. Oct 6, 2026🎓 Biznes Maktabida mehmon ma’ruzachilar turkumi: 1-sessiyasi Bugun CAU Biznes Maktabida t…
  5. Oct 3, 2026🏐 Kurash davom etadi, CAU! Bu safar biz kutgan natija bo‘lmadi. Ammo kurash hali yakunlan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →