🇬🇧🤝🇺🇿 Central Asian University sanoat muhandisligi bo‘yicha xalqaro ekspert, professor Eric Dimlani qarshi olishdan benihoya mamnun.
Asli Buyuk Britaniyadan bo‘lgan professor Eric Dimla mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-mexanik hamda Buyuk Britaniya Mexanika muhandislari instituti a’zosi (Fellow) bo‘lgan sertifikatlangan muhandisdir (Chartered Engineer). U Wolverhampton universitetida fan doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan va Aberdinda postdoktorlik tadqiqotlarini tamomlagan.
Turli madaniy va akademik muhitdan kelgan talabalarga dars berishda boy tajribaga ega professor Dimla muhandislik ta’limiga global nigoh olib kiradi.
CAU’da uning o‘qitish uslubi «amaliyot orqali o‘rganish» yondashuviga asoslangan bo‘lib, nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari va soha tajribasi bilan uyg‘unlashtiradi. Shuningdek, u talabalarga zamonaviy muhandislik muammolari bilan yaqindan tanishish imkonini yaratish maqsadida korxonalarga tashriflar, real keyslar tahlili hamda soha mutaxassislari ishtirokidagi mashg‘ulotlarga alohida e’tibor qaratadi.
💙 Uning maqsadi — talabalarga real hayotdagi muammolarni hal qilishga tayyor, o‘ziga ishongan muhandis bo‘lib yetishishlari uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar, ishlab chiqarish tajribasi va chuqur bilimlarni berishdir.
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
Post #3454
105