TGViewer
Brogrammist Brogrammist @brogrammist · 1.23K subscribers
Post #241 1.58K

Forwarded from Orif Tolib

​​“Default” soʻzining tarjimasi nima?

Obunachilardan biri shu soʻzning tarjimasi haqida soʻrabdi. Bu inglizcha soʻz koʻp maʼnoli, oʻrniga qarab turlicha tarjima qilinishi mumkin. U birlamchi, odatiy, standart, yoʻqlik, mavjud emaslik, yetishmovchilik, defolt, oʻz vazifalarini bajarmaslik, aybdorlik, sudda qatnashmaslik, toʻlov qilmaganlik kabi maʼnolarga ega.

Agar saytlar, dastur va ilovalarni oʻzbekchalashtirayotgan boʻlsangiz, birlamchi soʻzi mos tushadi.

The default value is zero. – Birlamchi qiymat nolga teng.

Most people choose the default option. – Koʻpchilik birlamchi variantni tanlaydi.

Are you using the default settings? – Siz birlamchi sozlamalardan foydalanasizmi?


👉 Yuqoridagi kabi oʻrinlarda odatiy, standart soʻzlarini qoʻllasa ham boʻladi. Lekin birlamchi mosroq.

🟢 Boshqa maʼnolariga misollar:

I got a default notice in the mail yesterday. – Kecha toʻlov qilmaganim haqida eslatma oldim.

The whole countyʼs on the edge of default. – Butun mamlakat (okrug)
defolt yoqasida turibdi. // Butun mamlakat defoltga yaqin.

Please default me, or else it could get dangerous for everyone. – Meni oʻyindan oling, yoʻqsa, bu barchaga xavfli boʻlishi mumkin.

They have defaulted on their debt repayments. – Ular
qarzni soʻndirish boʻyicha majburiyatlarini bajarmadi.

#Soʻragan_edingiz

@oriftolib
  • 👍 7
More from @brogrammist
  1. Sep 23, 2026Himmatingiz do'stlar 🙂 https://t.me/boost/brogrammist
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 22, 2026Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
  4. Sep 18, 2026Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular atayla…
  5. Sep 15, 2026ana endi falon pulga PC olish shartmasmi deyman)
  6. Sep 15, 2026Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →