Yaxshi dasturchi baribir qo'lda kod yozadiHatto kodning katta qismini Claude, Codex kabi agentlar yozgan bo'lsa ham. Chunki natijasini tushunmagan ishingizga ega chiqolmaysiz, natija uchun javob berolmaysiz. Bu shunchaki imkonsiz.
"Promptchi"lar agent bergan birinchi javobni shundoqqina qabul qiadi.
O'zlari qatorma-qator o'qib chiqmagan pull request'larni ochishadi.
Production ishdan chiqqanda esa qotib qolishadi, chunki nimani "merge" qilganini hech qachon tushunishmagan. Jamoa esa nima qanday buzilganini bilmay o'tiraveradi.
Juniorlar,Qo'lda kod yozmaydigan junior hech qachon intuitsiya orttirmaydi.
Intuitsiya biror narsani noto'g'ri yozib, uning ishlamaganini ko'rib, xatoni anglab, o'z qo'lingiz bilan tuzatishdan paydo bo'ladi.
Bu bosqichni o'tkazib yuborsangiz, 3 yillik tajribaga ega, lekin asinxron koddagi bironta bagni tuzatib ko'rmagan "ko'r" dasturchi paydo bo'ladi.
Seniorlar,Sizlarda ko'p kuzatadiganim:
❌ Agentda "toza"roq g'oya bor ekan, deb ishlab turgan modulni qaytadan yozish
❌ Simptoplar bilan kurarish va asl xatolikni yashiradigan "fix"ni merge qilish
❌ Agent aytgan kutubxonani tekshirmasdan, benchmark qilmasdan qo'shish
❌ AI ishonch bilan tushuntirgani uchun yechimni tasdiqlash
❌ AI ga ishonch bilan tushuntirgani uchun yechimni tasdiqlash
❌ Keraksiz murakkablik olib kirish.
Kuchli dasturchilar esa bunday qiladi:
✅ Merge qilishdan oldin kodni o'qiydi
✅ Agent sayoz yechim beryotgan murakkab qismlarni o'z qo'li bilan yozadi.
✅ Agent hisobga olmagan/ololmaydigan holatlarni tekshiradi, unga qanday qilish kerakligini aytadi.
✅ Taklif arxitekturaga mos kelmasa, uni rad etadi
✅ PR'dagi istalgan qatorni jamoadoshiga tushuntirib bera oladi
Dasturchilarga kod yozishgani uchun pul to'lashmaydi. Sizga biznes muammolarini hal qilganingiz uchun pul to'lanadi. Kod, bu ularni hal qilish usuli. AI agentlar esa IDE, debugger va linter yonidagi yana bitta instrument, xolos.
Hech kim kodni qo'lda yozganingizni yoki AI bilan yozganingizni so'ramaydi. Menejmentni kod ishlaydimi va bir yildan keyin jamoa uni qo'llab-quvvatlay oladimi, kabi savollar qiziqtiradi. Hammamiz kodni qo'lda yozishdan AI bilan yozishga o'tdik. Lekin unga javobgarlik va mas'uliyat joyida turibdi.
Agentlardan har kuni foydalanaman va ular bilan ishim tez bitadi. Oldin 1 kun yozadigan kodimni 1 soatda yozdiraman. Lekin tushunmasdan erishilgan tezlik, bu production'ga feature'lar bilan birga baglarni ham tez chiqarish degani.
Agar agent nima yozganini tushuntira olmasangiz, o'sha feature'ni siz qilmagansiz. Siz shunchaki agentga production uchun "access" bergansiz, xolos.
@brogrammist